Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi
Ion almashish jarayoni quyidagicha boradi: masalan
Download 1.57 Mb.
|
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021
Ion almashish jarayoni quyidagicha boradi: masalan,
(kationit) R-SO,H + NaCl RS03Na+HCl (anionit) R-OH + NaCl<-> RCl+NaOH Ion almashish qaytar jarayon bo‘lib, almashadigan ionlar turli kimyoviy potensialga ega bo‘lgan holda ekvivalent miqdorda almashadi. Almashish muvozanat o'matilguncha davom etadi. Ishlatilgan ionitlami regeneratsiya qilish mumkin. Bunda kationitlar 2—8% li kislota yordamida, anionitlar 2—6% li ishqor yordamida regeneratsiya qilinadi. Hosil bo‘lgan regeneratsiya eritmalari (elyuat) kislota va ishqorlar bilan neytrailanadi va kerakli moddalar ulardan ajratiladi. Elyuatlar tarkibida oqova suvdan ajratilgan konsentrlangan holdagi barcha arrionlar mavjud bo‘ladi. Ion almashish jarayonlari davriy va uzluksiz qurilmalarida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan sxemalarda davriy rejimda ishlovchi ion almashish va tozalash qurilmasi keltirilgan. 1 — sxemada regeneratsiya eritmasi (konsentrlangan islota yoki ishqor) 2 — ejektorga to‘xtovsiz suv bilan birgalikda berib turiladi. Kislota va ishqorlarni berish regeneratsion eritmaning kerakli hajmi berilgandan so'ng to'xtatiladi. Lekin suvni berish ionit yuvilguncha davom ettiriladi. Yuvuvchi suvlar va elyuat neytralizatsiyadan keyin kanalizatsiyaga tashlanadi. Keyingi sxemada regeneratsiya eritmasi (regenerat) awal maxsus 2 — sig‘imda tayyorlanadi. Natijada regeneratsiya reagentining sarfi kamayadi, chunki regeneratsiya eritmasi yuvuvchi suvlaming birinchi porsiyasidan tayyorlanadi (yuvuvchi suv tarkibida reagentning konsentratsiyasi yuqori bo'ladi). Yuqoridagi sxemada oqova suv apparat ichiga yuboriladi va ionit qatlami orqali o‘tadi. Ion almashish jarayoni amalga oshgandan keyin taqsimlovchi moslama orqali chiqarilib yuboriladi. Shundan keyin yuvuvchi suv apparatning pastki qismidan berilib, ionit yuviladi va uni qayta ionalmashish xususiyatini tiklash uchun regeneratsiya eritmasi 7 — bakdan 8 — nasos yordamida 4 — taqsimlovchi moslama orqali yuboriladi. Shunday qilib, apparatning ishlashi quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi: 1) ionalmashish jarayoni; 2) ishlatilgan ionitni mexanik aralashmalardan yuvib tozalash; 3) to ‘yingan ionitning regeneratsiyasi; 4) ionitni regeneratsiya eritmasidan yuvib tozalash. , Davriy ishlovchi ionalmashish qurilmalarining kamchiligi: apparatlaming hajmi katta, reagentlaming sarfi yuqori, jarayonni avtomatlashtirishning murakkabligi. lonalmashish tozalash jarayonini uzluksiz rejimga o'tkazish uchun bir nechta parallel ishlovchi ionalmashish apparatlarini o‘matish lozim. Bunda bitta liniyadagi apparatlar ishlab turgan paytda, qolgan apparatlarda regeneratsiya jarayoni amalga oshiriladi. Suvdagi metall ionlarini ajratib olish ularning suvdagi konsentratsiyasi, pHi, suv minerahzatsiyasi, hamda kalsiy va temir ionlarining mavjudligiga va ulaming konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.Metallami rekuperatsiya qilish uchun kuchli kislotah H—formadagi va kuchsiz kislotali Na — formadagi kationitlar qo'llaniladi. Rux (sink) ionlari H — formadagi KU-2X8 kuchli kislotali sulfokationit yordamida yoki Na — formadagi KB-4 karboksilli kationitlari yordamida ajratib olinadi. Zn+2 ioni bo‘yicha KU-2 ning yutish hajmi 2—3, KB-4 ning esa 5 mg-ekv/g ni tashkil etadi. Sulfokationitlar 10% li sulfat kislota yordamida, karboksilli kationitlar 5%li Na2S04 eritmasi yordamida regeneratsiya qilinadi. Mis ionlari oqova suv tarkibidan pN = 12—12,4 bo‘lganda KU—1 kationiti yordamida ajratib olinadi. Bunda sorbsiya hajmi 1 litr shishgan smolaga nisbatan 37—50 g ni tashkil etadi. Uning regeneratsiyasi 5% li NS1 yordamida amalga oshiriladi. Oddiy va kompleks sianidlar anionitlar yordamida ajratib olinadi.Sianidlar — HCN kislotasining tuzlari bo‘lib toksik xususiyati yuqori. Ular oqova suvda oddiy (CN ) va kompleks Me(CN)n \m- ko'rirrishda uchraydi. Bunda Me — Cu, Zn, Cd, Au, Ag va shu kabi kationlar, m-anionni valentligi(-l, -2, -3) n — sianid-ionni soni (2, 3, 4, 6) Oqova suv ishqoriy muhitda bo‘lsa, undagi sianidlar tuz formasidagi anionitlar bilan, neytral va kislotali muhitdagi oqovasuvlardan esa gidrooksid va tuz formasidagi ionitlar bilan ushlab qolinadi.
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling