Chiqindilar va ularning ijtimoiy jihatlari


-rasm Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar


Download 110.5 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi110.5 Kb.
#1049670
1   2
Bog'liq
Chiqindilar muammosi

3-rasm
Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar

Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning havfli - zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqsori bo‘yicha turlarga ajratiladi.


Havfli-zaharli xususiyati bo‘yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi: 1.Radioaktiv ifloslanish, 2. Og‘ir megallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish.
Tahlillarga ko‘ra radioaktiv ifloslanish eng havfli o‘rinda turadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko‘radi va juda katta radiusda ham ta’sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog‘ligiga juda havfli ta’sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta’sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi.
Og‘ir megallar bilan ifloslanishning havfli tomoni shundaki, birinchidan, og‘ir megallar bilan ifloslanishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko‘p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo‘lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (yemirilish) muddati bir necha ming yillarga teng.
Xomashyolar sanoat korxonalarida ishlanib, ulardan mahsulotlar olinadi va halq xo‘jaligida foydalanish mobaynida ham chiqindilar chiqariladi. Provardda esa tuproq tarkibidagi moddalar yoki elementlar miqdori QQM ko‘rsatgichidan ortishiga olib kelishi natijasida tuproqning kimyoviy ifloslanishi vujudga keladi.
Yuqoridagi moddalar bilan ifloslanishini aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bilan O‘zGidromet qoshidagi Atmosfera, yuza suvlar va tuproq ifloslanishini monitoringini olib borish xizmati" bo‘limi doimiy ravishda faoliyat olib boradi va oylik hamda yillik hisobotlarini ishlab chikadi.
O‘zGidrometning ma’lumotiga ko‘ra (2005) DDG (dixlordifeniltrixloretan) bilan ifloslanish (DST ning QQM ko‘rsatkichi 1 ga teng) Respublika bo‘yicha Toshkent viloyatida (Bekobot tumani) 4,98 QQM ga, Namangan viloyatida 2,12 QQM ga, Samarqand viloyatida 1,27 QQM ga, Surxondaryo viloyatida 3,36 QQM ga, Sirdaryo viloyatida 1,77 QQM ga, Farg‘ona viloyatida 2,17 QQM ga, Xorazm viloyatida 3,57 QQM ko‘rsatkichiga tengligi aniqlangan. Fosfororganik pestitsidlar (fosfamid, fozalona, tiodana) bilan ifloslanish asosan Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida (568 gektar maydonda) aniqlandi.
Bugungi kun olimlarining oldidagi asosiy vazifalar tuproqlarning kimyoviy ifloslanish ta’siridan muhofaza kilish, ifloslangan xududlarda muammoni hal etish, uni tozalashning yangi metod va texnologiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Kimyoviy zararlangan tuproqda o‘suvchi yuqori hosil beruvchi ekin navi ham, qo‘llaniladigan o‘g‘itlar va mexnatlarning samarasi unchalik yuqori bo‘lmaydi, shu bois tuproqlarning kimyoviy ifloslanish masalasiga jiddiy yondashish lozim.
Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling