Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
5. Gomer davri Yunonistoni. Yunon tarixidagi er. avv. XI-IX asrlarni tarixchilar “Qorong`i davrlar” deb ataydilar. Chunki bu davrga oid ma`lumotlar juda kam. Er. avv. XI-IX asrlardagi yunon tarixini o`rganish bo`yicha asosiy manba bo`lib, Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo`lgan Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari orqali yunon jamiyatining uch yuz yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poemalarda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo`lgan Odisseyning ko`pgina sarguzashtlardan so`ng, uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema axey sivilizatsiyasining gullab-yashnashining so`nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o`zi er. avv. VIII asrda yashagani uchun o`tmish voqealarini o`zi yashagan davr nuqtai nazaridan zamonaviylashtirdi.
Axey sivilizatsiyasi asta-sekin tushkunlikka uchradi. Er. avv. XIII asr oxiridan axeylarning tushkunligidan foydalanib, shimoldan doriy qabilalari Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar er. avv. XI asrning oxiriga kelib butun Shimoliy va O`rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti past darajada edi. Dostonlarda aholi qishloqlarda yashab, shahar to`g`risida tasavvurga ega bo`lmagani bayon qilinadi. Xo`jalik natural shaklda bo`lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Asosiy ekin tariq edi. Savdo ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari, hatto, ularning zodagonlari ham kichik, qo`pol qurilgan, poli tuproq, xona o`rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. Er. avv. XI asrda xo`jalik hayotidagi bir qancha tushkunlikdan so`ng, temir o`zlashtirilib, xo`jalik hayotini jonlanishi boshlandi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam edi. Taqchil bo`lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekinlar egallay boshlagan. Bog`dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini o`stirish ham yo`lga qo`yilgan. Chorvachilik rivojlangan. Gomer poemalariga ko`ra, qoramol ayirboshlash vositasi bo`lgan. “Iliada”da katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir usta ayol 4 ho`kizga tenglashtiriladi. Hunarmandchilikda katta o`zgarishlar yuz berdi. Temir keng qo`llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o`rin qolmadi. Temir mehnat quroli mehnat unumdorligini oshirdi. Oila o`z moddiy ehtiyojini o`z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Erkin dehqon xo`jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo`ldi. Jamoaning alohida bir ko`rinishi sifatida polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli edi. Patriarxal oilaning boshliqlari polis fuqarolari edilar. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo`lib, ular siyosiy teng edilar. Polis tarkibiga shahar va uning atrofidagi qishloqlar kirgan. Jamoada shakllanayotgan urug` zodagonlari jamoani o`z nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan asosiy ikki vazifani bajargan: aholini va hududni qo`shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yuzaga kelmagan edi. Shu davr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik polis-jamoalardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo`jalik yuritish asosida tirikchiligini o`tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo`lmagan patriarxal oila bo`lgan. Bu dunyoda hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a`zolari yo`q edi. Kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o`zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o`rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) rasm bo`ldi. Er. avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`ida yunon qo`rg`onlari paydo bo`lib, ularning aholisi eoliy, ioniy, va doriy shevalarida so`zlashgan. Yunonlar oqsoqollar saylab qo`yiladigan urug` jamoasida yashaganlar. Ayrim paytda urug`lar o`zlariga tegishli biror-bir umumiy masalani yechish uchun kattaroq tashkilot-fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, qabila-filni tashkil qilgan. Fratriya va urug` bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug` boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladiganyo`lboshchilaribo`lib, urug` boshliqlari ularga o`z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. “Odisseya” va “Iliada” dostonlarini o`qiganda, yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, urug`chilik munosabatlarini zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko`p sonli zodagonlar qatlamini shakllanayotganini kuzatish mumkin. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to`g`risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda ko`rinadi. Ularning soni ko`p emas edi. Xo`jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerga ishlaydi. Uning xotini Penelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun bir saroy qur`adi. Odisseyning xo`jaligida 50 qul bo`lgan. Gomer o`tmish qahramonlarini sharaflab, o`zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi. Troyani qamal qiluvchilar bilan yo`lboshchi Agamemnon o`rtasida unga qarshi norozilik tug`diruvchi, o`jar Tersit obrazining kelib chiqishi voqeasida ijtimoiy hayotni ko`rish mumkin. Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo`lboshchi podsholar bilan oddiy xalq ommasi o`rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qarshiliklar bu kichkina bir epizodda o`z aksini topgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling