Chirchiq-2023 Mundarija: Kirish I bob. Hadis yoshlar axloqiy masalalarining falsafiy mezoni sifatida


Download 42.66 Kb.
bet2/4
Sana07.03.2023
Hajmi42.66 Kb.
#1246074
1   2   3   4
Bog'liq
Ismatova Aziza kurs ishi

Ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Imom Al-Buxoriy hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, lirikasini tahlil qilishda samarali metod, usul va texnologiyalarni qo‘llashdan iboratdir. Shuningdek, adabiy ta’limda Imom Al-Buxoriy hadislarini o’rganish hamdir. Kurs ishining vazifalari quyidagilar:

  • Imom Al-Buxoriy hayoti va ijodinining ta’lim bosqichlarida o‘rganish yuzasidan tahlil usullaridan foydalanish;

  • Imom Al-Buxoriy hadislarining g‘oyaviy yo‘nalishi va mavzu ko‘lamini o‘rganish;

  • Imom Al-Buxoriy hadislarinu tahlil etish va o‘qitish texnologiyalarini tatbiq etish;

Kurs ishining metodologik asosi va metodlari: O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning milliy g‘oya, ma’naviy qadriyatlarga munosabat va ilm-fan bilan bog‘liq fikr-qarashlari ushbu Kurs ishining metodologik asosini tashkil etadi.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 2 bob, unga tegishli fasllar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib 43 betni tashkil qiladi.


I BOB. HADIS YOSHLAR AXLOQIY MASALALARINING FALSAFIY MEZONI SIFATIDA
1.1. Imom Al-Buxoriy hadislarida axloqiy tarbiya haqidagi g‘oyalar

«Qur‘oni karim» dunyo musulmonlarining muqaddas kitobi bo‘lib, u arab tilida «qiroat» ma‘nosini bildiradi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan. U Allohning kalomi (Kalomulloh). „Kitob” (yozuv), „Furqon” (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr” (eslatma), „Tanzil” (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur” (yorugʻlik), „Hudo” (hidoyat), „Muborak” (barakotli), „Mubin” (ochiq-ravshan), „Bushro” (xushxabar), „Aziz” (eʼzozlanuvchi), „Majid” (ulugʻ), „Bashir” (bashorat beruvchi), „Nazir” (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur.


Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nomi va sifatlarini sanab oʻtganlar. Qur’oni karim 114 suradan, 6210 oyatdan iborat. Qur’on har bir davrda, har qanday holatda insonlarni yaxshilikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga va falsafiy mushohadaga yetaklovchidir. “Qur’on”ning axloqiy qiymati haqida fikr yuritar ekanmiz, u insonning ma‘naviy kamolga yetishida ulkan darajada muhim o‘ringa ega ekanligini ko‘rishimiz mumkun.
Bizga ma‘lumki, Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turuvchi hadis ilmi ham alohida falsafiy-axloqiy o‘ringa ega. Hadis ilmining paydo bo‘lishida muhaddislarning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ahamiyatga egadir. Islom olamida Qur‘oni karimdan keyingi o‘rinda turuvchi hadislar - ishonchli axloqiy manba sifatida yuksak baholanadi. Haqiqiyligi puxta o‘rganib chiqilgan ishonchli hadislar ‘‘sahih hadislar‘‘ deyiladi. ‘‘Sahih‘‘ so‘zining ma‘nosi sog'lom, to‘g‘ri, xatosiz degan ma‘noni bildiradi.
Hadisni to‘plagan muallif esa ‘‘muhaddis‘‘ deb yuritiladi. Hadislarni to‘plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ni hayot vaqtlarida ko‘rgan, bilganlardan yozib olingan ma‘lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to‘plovchilar ibn Shahob az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa’d al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo‘lgan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj Kazviniy, Abu Iso Muhammad as-Samarqandiy, imom at- Termiziylar hisoblanadi. Yuqorida nomlari zikr qilingan muhaddislarning hadis to‘plashdagi xizmatlari juda katta bo‘lgan.
Ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriy birgina «Al jome‘ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») asari ustida o‘n olti yil izlanish olib borgan va 600 ming hadisni to‘plab, 7275 tasini saralab olganlar. Shuningdek, «Al-jome as-sahih» asaridan odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga keltirganlar. Bu kitob ‘‘Al-adab al-mufrad‘‘ («Adab durdonalari») deb nomlangan bo‘lib, bu asar 1322 ta hadisni o‘z ichiga olganligi bizga ma‘lum. Al-Buxoriyning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, «А1-Jome‘ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») asari eng asosiy o‘rinni egallaydi.
Imom al- Buxoriy haqida quyidagicha fikrlar aytilgan. U yoshligidan aql-idrokli juda o‘tkir zehnli, ma’rifatga havasi kuchli bo’lib, turli xil ilm-fanlarni, ayniqsa hadis ilmini kuchli qiziqish bilan egallaydi. Manbalarda keltirilishicha, u 10 yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli roviylardan eshitgan hadislarni yod olgan, ularni o‘rgangan, Abdulloh ibn Muborak, Vakiy kabi olimlarning hadislar keltirilgan to‘plamlarini yod olgan. Buxorodagi yetuk allomalardan dars olib, hadis ilmida kuchli xotira va o‘tkir zehn sohibi bo’lib voyaga yetadi.
Imom Al-Buxoriy 16 yoshida Onasi va akasi Ahmad hamrohligida Makka shahriga haj qilgani borib, o‘sha yerda qoladi va hadis ilmini o‘rganishda davom etadi. U yerdagi ulamolardan Payg‘ambarimiz s. a. v ning hadislarini yozib olib, o‘sha davrdagi islom olamida mashhur bo’lgan ilmiy markazlarga safar qiladi, qishloq va shaharlarni kezadi, hadis ilmidagi bahs-munozaralarda ishtirok etadi. Natijada, Imom Al- Buxoriy hadis ilmida yuksaklikka, kamolotga erishadi, o‘zi yod olgan 600 minga yaqin hadislarni sahih va g‘ayri sahihlariga ajratdi. Imom AlBuxoriy muhaddislar orasida “Imom ul-Muhaddisiyn” (Barcha muhaddislarning peshvosi) deya hurmat bilan tilga olingan.
Imom Al-Buxoriyning “Al-Jome as-Sahih” (ishonchli to’plam) asari haqida so‘z borganda shuni aytish mumkinki, ushbu islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalanib kelinadi. Imom Al-Buxoriy yashagan davrdan oldin yozilgan hadis kitoblarda sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holatda berilgan bo’lib, uni urganuvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmas edi. O‘quvchilar o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashlikka majbur bo’lishgan. Mana shunday og’ir davrda Imom Al-Buxoriy “Al Jome as-sahih” asarini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratgan holda jamlaydi.
Bundan tashqari, Imom Al-Buxoriyning “Al-Adab alMufrad”, (“Odob durdonalari”), “Birr ul-Volidayn”, (“Ota-onani hurmat qilish”), “Attarix al-Kabir” (“katta tarix”) , “At-tarix al-Avsat” (“O‘rtacha tarix”), “At-tarix as-Sog‘iyra” (“Kichik tarix”), “ Al-Jome al-Kabir”, “(Katta hadislar to‘plami”), “Kitab al-Kunya” (“Hadis roviylarining taxalluslari”) kabi 20 dan ortiq asarlari mavjud. Imom Al-Buxoriyning ijodiy me’rosi, o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘laligicha qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh Ibn Muborak al-Marvaziy hadis to‘plamini yaratgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal Al-Mavraziy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma’qul an-Nasafiy va boshqalar hadis to‘plamlarini yaratishgan.
Keyinchalik, siyosiy ixtiloflar natijasida, g‘arazli kishilar tomonidan, Payg‘ambar nomidan yolg‘on hadislar to‘qisa, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, amir va hokimlarga hushomadgo‘ylik oqibatida ko‘plab ishonarsiz, to‘qima hadislar yuzaga kelgan. Davr o‘tishi bilan hadislar to‘planib, eng muhim va to‘g‘ri deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshlaydi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb topilgan hadisning 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bular: “Sahihi Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sahihi Termiziy”, “Sunani Abi Dovud”, “Sunani Ibn Moja”, “Sunani Nasoiy ” hisoblanadi. Bu 6 ta hadislar to‘plamini tuzgan muhaddislardan ikkitasi Movarounnahrlik, to‘rttasi esa Xurosonlik bo ‘lgan.
O‘sha davrda hadislar to‘plami “Sunna” deb nomlangan. Hadislarni yig‘uvchi, sharhlovchi, targ‘ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Islom dinini qabul qilgan xalqlar madaniy va g‘oyaviy me’rosining katta qismi islom diniga hadis shaklida o‘tgan. Hadis yig’ish o’rta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, u bilim izlashlikning asosiy mazmuni hisoblanadi. Islom dinida eng asosiy manba Qur’oni Karimdir.
Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o‘rinda turuvchi mo‘tabar manbadir. Hadislar Muhammad s.a.v hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma -xil fikirlari, ko‘rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadislarning yuzaga kelishi uch omil bilan ko’rsatiladi:
1.Payg‘ambarimiz s.a.v tomonidan ko‘rilgan yoki kuzatilgan ishning ta’qiqlanmagani.
2 Payg‘ambarimiz s.a.v tomonidan aytilgan gaplar.
3 Payg‘ambarimiz s.a.v ning qilib ko‘rsatgan ishlari.
Ana shu 3 holatning har biri sunnat deyiladi. “Sunnat” arabcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi “yo‘l, ravish, odat” demakdir. Istilohiy ma’noda esa Muhammad s.a.v ning qoldirgan urf-odatlari tushuniladi. Ularni bajarishlik vojibdir. Ularda islom diniga oid tushinchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning ma’no qamrovi, izohi o‘z aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislar eng qadimgi davrlardan ya’ni Payg‘ambarimiz s.a.v zamonidayoq juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Hadislar imkoni boricha xatosiz, asl holida boshqalarga yetkazilishi lozim bo‘lgan. Imom Al-Buxoriy o’z hayotini mana shu hadis ilmini urganishlikka, uni insonlarga aniq va to‘laligicha yetkazishlikka baxshida etganlar. 18 yoshga kirganlarida ular bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Hoshid ibn Ismoil ismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Al-Buxoriy bir necha sheriklari bilan Basra shaxrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekanlar. Hammalari eshitgan hadis va rivoyatlarni ustozining og’zidan chiqishi bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. Imom Al-Buxoriy esa qog‘oz-qalamsiz dars tinglab yuraverar ekanlar. Bir kuni talabalar: “O‘n olti kun olgan darsimizni Buxoriydan bir so‘rab ko’raylikchi, esida bormikan?” deyishibdi va imtihon qilishibdi. Buxoriy 16 kun ilgari o‘tilgan darsni birorta kamchiliklarsiz, batartib yoddan o‘qib bergandan keyin, uning xotira va qobilyatiga lol qolib, o‘zlari yozib olgan darslaridagi kamchiliklarini ham tuzatib olishibdi.
Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular payg‘ambarimizning s.a.v hayoti va faoliyati bilan bog‘liq hadislar talqini, o‘zaro insoniy munosabatlar, do‘stlik, ahillik, saxovat, Ota-onalarga va qarindosh urug‘larga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonad, hasad, xiyonat, rostgo‘ylik, yolg‘onchilik va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritiladi. Muhimi ularda yuksak insoniy fazilatlar ulug‘lanadi, kishilarda shunday xislatlarning bo‘lishi ma’qullanadi va targ‘ib qilinadi, aksincha, yomon fe’l -atvor xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi, qayta -qayta ta’kidlanadi va qoralanadi.
Hadislarda Ota-onaning nazaridan qolish gunohlarning eng og‘iri sifatida baholanadi. Gunohlarning eng kattasi-Tangriga shirk keltirmoqlik, nohaq qon to’kmoqlik Ota-onaga oq bo’lmoqlik va yolg’on guvohlik bermoqdir. Boshqa bir hadisda esa Ota-ona nazaridan qolgan farzand Tangri nazaridan ham qolishi qayd etiladi va ularning Jannatga kirmasligiga sabab bo‘lishi uqtiriladi.
Quyidagi hadisda ham shu ma’no o‘z aksini topgan: “Ota- ona qarg‘aganni tangri qarg‘aydi. Tangridan boshqaga atab jonlik so‘yuvchilarni Tangri la’natlaydi”. Hadislar Onalarni alohida sharaflaydi. Ularning qadrini baland ko‘rsatish, ularni ulug‘lash, asrab avaylashga alohida urg‘u beriladi. Hadislar hayot hodisalari haqidagi o‘gitnomalardir. Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

1.2. Buxoriy hadislarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati


Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda. Bu borada prezdentimizning quydagi fikrlarini eslab o’tish joizdir: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”.
Darhaqiqat, Imom Ismoil al-Buxoriyning asarlarida odob-ahloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo‘lib, ijtimoiy turmushda hamda insonlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tashkil etish chog‘ida amal qilinishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalari borasida ma’lumotlar berilgan. Hadislarning inson hayotidagi ahamiyati va o‘rni beqiyosdir. Har bir hadisning o‘z ma’nosini tushunib , o‘rganib , biz uchun ulardan amalda foydalanishimiz g‘oyat ahamiyatlidir. Hadis o‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “xabar, gap, yangilik” degan ma’noni bildiradi. Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’on Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to‘plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o‘rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar tartibga solib bergan. VIII-XI asrlarda to‘rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug‘ullangan. Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, o‘z bilimi bilan artofdagilar va jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib etishishda muhim omildir deya ko‘rsatiladi. Hadislar tarbiya manbai hisoblanadi. Hadislarni eshitib, tanishish, ko‘rish, yodlash, mazmunini anglash, o‘rganish orqali hayotimizda hadislardan ibrat olgan holda, ularni amalda hayotimizda qo‘llab, ko‘p o‘zimizni tarbiyamizdagi kamchiliklarni tuzatishimizga yordam beradi.
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ushbu fazilatlar sirasiga o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-onani e’zozlash, hurmatlash,doimo ota-onalarimizni duolarni olish, ularni haqqiga duo qilish , ularni asrab- avaylash , o‘rni kelganda ular uchun bizlardan faxrlanish tuyg’ularini yarata olishimiz,doimo yuzlarini yorug‘ qilish, qaddilarini biz sababli baland tutish ,doimo hurmatlarni joyiga qo‘yish, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo‘lish, ularga mehrimizni bera olish, hurmatlarini joyiga qo‘yish, ularga g‘amxo‘rlik qilish,kattaga hurmatda kichiklarga izzatda bo’lish kabilar muhim hisoblanadi.
Undan tashqari o‘z ona Vatanimizga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Bu kabi xislatlarni har birimiz o‘zimizda shakllantirishimizga yana bir yordamchi manba, tarbiya manbalardan biri bu hadislarni amalda tatbiq etishimiz hisoblanadi.
Hadislarda ibrat olinadigan jihatlar juda ham ko‘p uchraydi. Bizning har bir qilgan yaxshi amalimiz, so‘zlarimiz o‘zimiz uchun ota - onamizga bildirilgan minnatdorchilik orqali faxr, hurmat, kabi tuyg‘ularini uyg‘otishga sabab bo‘ladi. Hadislarda tarbiya mavzusiga doir hadislarni o‘rganishimiz orqali biz o‘zimiz ko‘p narsalarni o‘rganib olamiz. O‘rgangan hadislarimizni hayotda amalda qo‘llab har bir masalada, mavzularda , bir qancha xatoliklarimizni to‘g‘rilab olishga harakat qilamiz. O‘rganganlarimizni boshqalarga o‘rgatishga harakat qilamiz va tatbiq etamiz. Har bir kishining ota-onasiga yaxshilik qilganidek, bolalariga ham yaxshilik qilishi shartligi, zero, inson bo’ynida ota-onaning haqqi bo‘lganidek, bolaning ham haqqi borligi xususidagi g‘oyalar Qur’oni Karimda ham, Hadisi sharifda ham uqtiradi
Hadislarda kishilarning bir-biri bilan do‘st, tinch-totuv yashashlari, o‘zaro muruvvatli, mehr-shafqatli bo‘lishlari kerakligi haqidagi g‘oya ham ilgari suriladi. Bu g‘oya opa-singil, aka-uka, qarindosh hamda qo‘shnilar o‘rtasida tashkil etiladigan muomala va munosabatlar mazmunining ochib berishga yo‘naltirilgan hadislar mohiyatida aks etadi. Ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega bo’lgan inson ota-ona, opa-singil, aka-uka va qo‘shnilarga yaxshilik qiladi, bu yaxshilik ular o‘rtasidagi totuvlikni keltirib chiqaradiki, pirovardida jamiyat taraqqiy etadi, tinchlik barqaror bo’ladi, aholi farovon hayot kechiradi.
Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Hadislar har bir shaxsni aqliy, jismoniy jihatdan kamolga yetkazishga oid e’tiqod va iymondan iborat bo‘lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, oliyjanob bo’lish, pokiza yurish, bir burda luqmani halol qilib yeyish, jaholat va jaholatparastlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z birodarining, qarindosh-urug‘larining , millatining va vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir. Hadislardan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling