Chirchiq davlat pedagogika insituti pedapedagogika va psixologiya fakulteti 19/2guruh talabasi rahmatullaeva umida mavzu: Muloqatchanlik sifatlarini rivojlantirish


Download 22.85 Kb.
bet6/6
Sana14.12.2021
Hajmi22.85 Kb.
#181220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4472 70 ишланма ПТА

V. Hamkorlik — bu holat muloqot jarayonda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda muloqotda bo‘lish va muammoli vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir. Har qanday muloqot jarayonida hamkorlikka erishish uchun erishiladigan oxirgi natija ikkala tomonning xam manfaatlarining qondirilishi va ularning qiziqishlariga mos kelishi kerak. Oilaviy munosabatlar, ishxonadagi vaziyatlar va turli hollardagi insoniy munosabatlarda bu usul juda ko‘p qo‘llaniladi.

Hayotiy vaziyatlarda faqat o‘zining manfaatinigina emas, balki boshqalarning ham manfaatini o‘ylash, boshqalarning manfaatlari xaqida ham qayg‘urish hamkorlik munosabatlarining garovi hisoblanadi. Zamonaviy psixologiya fanida hamkorlik munosabatlarini shakllantirishning qonuniyat va mexanizmlari yetarli darajada to‘la ishlab chiqilgan. Shu ma’lumotlarga tayangan holda hozirgi paytda maxsus tashkil etiladigan trening mashg‘ulotlarida turli xil o‘yin va mashqlar yordamida odamlarga hamkorlik munosabatlarining amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar berish, insonning hamkorlik pozitsiyasida turib muloqotga kirishishi borasida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu o‘rinda aloxida ta’kidlash lozimki, bu jarayonni tashkil kilish va olib borishda nafaqat trening o‘tkazish uslubi, balki trenerning shaxsiy pozitsiyasi ham yetakchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni bu xil munosabat uslubi trenerning e’tiqodiga aylangan bo‘lishi va u har qadamda buni namoyon qilishi kerak.

Yuqorida aytganimizdek, samarasiz muloqot uslublari insonlar o‘rtasida nizoli vaziyatlarning kelib chiqishiga olib keladi. Odatda nizo — manfaat, qiziqish va dunyoqarashlarning qarama-qarshiligi sifatida ta’riflanadi. Har bir inson boshqalar bilan munosabatga kirishar ekan, u albatta biron manfaatni, hatto aytish mumkinki, eng avvalo o‘z manfaatini ko‘zlagan holda va masalaga o‘z qarashini ifodalab muloqotga kirishadi. Lekin muloqot kamida ikki tomonning o‘zaro fikr almashuvidan iborat va ikkala tomon ham muloqot muammosiga nisbatan har xil fikrlarni bildirishi mumkin. Natijada fikrlar qarama-qarshiligi, ya’ni nizoli vaziyatlar vujudga kelishi muqarrar. Odatda nizoli vaziyatlarda bir tomon o‘z fikrini to‘g‘ri deb hisoblaydi, ikkinchi tomonning fikrini esa inkor etadi, natijada muloqot jarayonida uzilish va muloqotdan qoniqmaslik hissi yuzaga keladi. Bu qoniqmaslik hissi ochiq-oydin ifoda etilsa — tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi, hatto o‘rtada nizo (janjal) paydo buladi. Lekin ba’zi hollarda biz bunday qoniqmaslik hissini ochiq ifoda eta olmaymiz va ichimizga "yutib" ketamiz, natijada tomonlar o‘rtasida yashirin nizo paydo bo‘ladi va o‘rtadagi davomiy sovuqchilikning asosiga aylanadi.

Demak, aytish mumkinki, birgalikdagi faoliyat va hayotga, ya’ni muloqotga halaqit beruvchi to‘siq hamda noxushliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga intilish kerak. Buning uchun eng yaxshi usul — unutishdir. Unutish vazifasini esa vaqt bajarishi mumkin, ya’ni vaqt o‘tishi bilan biz nizoli vaziyatlarni, kim bilandir o‘rtamizda paydo bo‘lgan noxush vaziyatlarni unuta boshlaymiz. Lekin hozirgi jadal taraqqiyot davrida vaqtga ishongandan ko‘ra, faol harakat qilib nizoli vaziyatlar natijasi bo‘lgan noxushliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish samaraliroq natijalar berishi mumkin. Buning uchun esa shu maqsadda tashkil etiladigan treninglar yaxshi natija bradi.

Shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun tashkil etishga mo‘ljallangan trening davomida quyidagi mashq albatta o‘tkazilishi kerak.

Har bir ishtirokchi “Qarshimdagi odam kim?” degan savolga javob ola bilinadigan savollarni bilishi lozim. Umuman shaxs o‘z qarshisidagi odam, ya’ni suhbatdoshi haqida imkon darajasida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, hech bo‘lmaganda muloqotga kirishayotgan odam haqida 7 ta ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Bu ma’lumotlar suhbatdoshning:


  • ismi

  • mutaxasssligi

  • oilaviy ahvoli

  • sog‘ligi haqida ma’lumotlar

  • kasbining o‘ziga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari

  • u qadrlaydigan insoniy sifatlar

  • qiziqishi yoki xobbisi.

Bu ma’lumotlar qatori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki suhbatdoshi haqida ma’lumotlarning ko‘pligi samarali muloqot o‘rnatish kafoloti hisoblanadi.

Demak, har qanday odam muvaffaqiyatli muloqotga kirishish uchun suhbatdoshi haqida ko‘proq ma’lumot bilishi talab etiladi.



Samarali muloqotni tashkil qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan yana bir holat shundan iboratki, bunda trening ishtirokchilari "Qarshimdagi odam qanday holatda?" degan savolga javob bilishlari talab etiladi.
Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling