Hazm qilish sistemasi.Kо‗pchilik suyakli baliqlarning og‗iz bо‗shlig‗ida bir qancha konussimon tishlar bо‗lib, bu tishlar jag‗ oraliq, ustki jag‗, tish va hatto tanglay, qanotsimon, dimog‗ hamda parasfenoid suyaklariga joylashgan. Tishlar og‗izdagi ovqatni ushlab turish uchun xizmat qiladi.Jag‘ida tishalri yo‘q,xalqum suyakalrida bir yoki 2-3 qator o‘rnashgan tishlari bo‘lib,ular ovqatni chaynash vazifasini bajaradi.Og‘zining atrofi ustki tomondan faqat jag‘oldi suyagi bilan qoplangan ,bu suyak ustki jag‘ bilan qo‘shilgan va harakatchandir.Mo‘ylovi ikki uch juftdan iborat. Tili yо‗q. Og‗iz-halqum bо‗shlig‗idan ovqat qizilо‗ngachga tushadi, qizilо‗ngach esa oshqozon-ga ochiladi.Oshqozoni suzgich pufagi bilan qo‘shilgan. Oshqozondan boshlangan ichak takomillashgan va uning ichida spiral klapani yо‗q. Lekin uning о‗rniga shu funksiyani bajaruvchi pilorik о‗simtalar chiqadi. Ichak bog‗ichiga taloq о‗rnashgan. Katta jigarda о‗t pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak tutqich bо‗ylab tarqalgan.Ayrim vakillari yirtqich (oq marka ),boshqalari (zog‘ora baliq ,qilich baliq va h.k) umurtqasizlar bilan,oq amur ,xumbosh o‘simliklar bilan oziqlanadi.Chavoqlari zooplanktonlar ba‘zan zoobentoslar bilan kun ko‘radi.Og‘iz apparatlari ham yeydigan ovqatlari qarab turlicha tuzilgan,ba‘zilarida oldiog‘iz bo‘lsa,boshqalarining og‘zi pastga va yana bir xillariniki tepaga qaragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |