Chirchiq davlat pedagogika universiteti amaliyot kundaligi


Аmaliyotning asosiy qoidalari


Download 251.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi251.72 Kb.
#1594317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Амалиёт кундалиги 3-kurs

Аmaliyotning asosiy qoidalari 
1.1. Talaba malakaviy amaliyotga kelgunga qadar amaliyot rahbaridan 
vazifalar olishi va quyidagilarga amal qilishi lozim. 
- kundalikni toʻldirishi; 
- malakaviy amaliyoti boʻyicha shaxsiy topshiriq olishi; 
- amaliyotni oʻtash boʻyicha tuzilgan taqvimli rejadan ikki nusxa olish (biri 
talaba uchun, ikkinchisi amaliyot boʻyicha rahbari uchun); 
- amaliyot yoʻllanmasini; 
1.2. Talaba taʼlim muassasasiga yetib kelgach, taʼlim muassasasiga rahbariga 
kundalikni taqdim etishi va amaliyot rejasini aytishi kerak. Bundan tashqari texnika 
xavfsizligi, yongʻin falokatidan saqlanish, yoʻl xarakati havsizligi qoidalari, 
jihozlardan foydalanish boʻyicha tushuntirish olishi va ish joyi bilan tanishishi 
lozim. 
1.3. Аmaliyot davrida talaba tashkilotning ichki intizomiga boʻysinishi shart. 
Har qanday holatda talaba ish joyidan chiqayotganda, bu haqida rahbarga bildirishi 
lozim. 
1.4. Talaba amaliyot xususida taqvimli rejaga muvofiq hisobot tayyorlaydi va 
taʼlim muassasasi hamda oliy oʻquv yurti tomonidan qoʻyilgan rahbarlarning 
qoʻshimcha koʻrsatmalariga binoan uni toʻldiradi. 
Talabalar maktab yoki tashkilotning tarixi, oʻqituvchi va oʻquvchilar soni, 
taʼlim-tarbiya jarayoni, boʻlimlari ish faoliyatlarini oʻrganib chiqadilar.
1.5. Malakaviy amaliyotidagi talaba faoliyati 5 balli tizim bilan baholanadi. 



Talabalar amaliyot hisobotida quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadi 
1. Аmaliyotchining shaxsiy ish rejasi va har kunida bajarilgan ishlarni qisqacha 
mazmuni keltirilgan kundalik daftar; 
2. Аmaliyotchi talabaning mutaxassislik fanlari boʼyicha kamida 4-8 ta darsning 
tahlili 
3. Tashkilotning tarixi, pedagog xodimlari va oʻquvchilari haqida maʼlumot 
4. Talabaning amaliyot davrida bevosita biriktrilgan snif oʻquvchilari toʻgʻrisida 
maʼlumot 
5. Аmaliyotchi talaba uchun malakaviy amaliyot oʻtgan oʼquv muassasasining 
tavsifnomasi 
6. Аmaliyot toʻgʻrisida xulosa 
7. Аmaliyot mobaynida foydalanilgan manbalar toʻgʻrisida maʼlumot 
Аmaliyot natijasi, bahosi talabaning kursdan kursga oʻtishida hisobga olinadi. 
Аmaliyot yakuni oliy taʼlim muassasasining ilmiy-uslubiy va fakultet ilmiy 
kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi. 
Аmaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot
amaliyot yakunida (himoyasida) qoniqarsiz baho olgan talaba qarzdor hisoblanib, 
talabalar safidan chiqariladi (yoki kursda qoldiriladi). 




Download 251.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling