Kundalikni yuritish va toʻldirish qoidasi
Аmaliyotni oʻtash davrida kundalik talabaning asosiy hujjati hisoblanadi.
OOʻYu joylashgan shahardan tashqarida amaliyot oʻtayotgan
talaba uchun
kundalik talabaning qancha muddat amaliyot oʼtaganligini bildiradi.
Аmaliyot davrida talaba har kuni taqvimli reja boʻyicha kun boʻyi
bajargan
ishlarini kundalikka qisqacha yozib borishi kerak.
Talaba haftada bir marta kundalikni tekshirtirish
uchun rahbariga taqdim
etishi shart. Rahbar kundalikni tekshirib kamchiliklarni koʻrsatadi,
navbatdagi
topshiriqni beradi hamda talabaning faoliyatini nazorat qilayotganligini qayd etadi.
Аmaliyot tugagach talabaning kundaligi hisobot
bilan birga amaliyot
rahbarlari tomonidan tekshiriladi va xulosa yozilib imzo chekiladi.
Talaba amaliyot tugagach toʻldirilgan kundalikni
hisobot bilan birgalikda
kafedraga topshirishi shart.
Eslatma: Kundalik toʻldirilmasa yoki hisobot topshirilmasa talaba amaliyot
oʻtmagan hisoblanadi va ijobiy baholanmaydi. Аmaliyot kundaligi talaba oʻqishni
bitirib ketgunga qadar kafedrada saqlanishi lozim.