Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti
Download 35.95 Kb.
|
1 2
Bog'liqguljaxon kurs ish
Nuyutonning birinchi qonuni, tinch holat yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat o`zini tutib turish uchun hech qanday tashqi ta‘sir ni talab etmasligini tasdiqlaydi. Bu bilan jismning inertlik deb ataluvchi maxsus dinamik xossasi sodir bo`ladi. Mos ravishda Nuyutonning birinchi qonunini inersiya qonuni, tashqi ta‘sirlardan xolis jism harakatini esa inersiya bo‘yicha harakat deyiladi.
Moddiy nuqta tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini toki tashqi uni bu holatdan chiqarmaguncha saqlaydi. Biz mexanik harakat nisbiy va uning xarakteri sanoq sistemasini tanlanishiga bog`liqligi to`g`risida gapirib o`tdik. Shuning uchun: Nuyutonning birinchi qonunida qaysi tinchlik va to`g`ri chiziqli tekis harakat to`g`risida gapirilyapti? Bu qonunni bajarilishi uchun qanday sanoq sistemasini tanlashimiz kerak?, – degan tabiiy savollar yuzaga keladi. Javobni faqat tajribadan olish mumkin. Ma‘lum bo`lishicha, Nuyutonning birinchi qonuni hamma sanoq sistemalarida ham bajarilavermaydi. Masalan, tinch turgan suvda tekis va to`g`ri chiziqli harakatlanayotgan kema kayutasining tekis polida harakatsiz yotgan shar, unga boshqa jism tomonidan hech qanday ta‘sir bo`lmasa ham u pol bo`ylab harakatga kelishi mumkin. Buning uchun kema yo`nalishini yoki yurish tezligini o`zgartira boshlashi, ya‘ni tezlanish bilan harakat qila boshlashi yetarlidir. Sanoq sistemaga nisbatan inersiya qonuni bajarilsa, uni inersial sanoq sistemasi deyiladi. Tabiiyki, agar bunday sanoq sistemasini ko`rsatib bo`lmaganda, Nuyuton birinchi qonuni o`zining barcha ma‘nosini yo`qotgan bo`lur edi. Demak, Nuyuton birinchi qonunining ikkita tasdig`i bor: birinchidan, hamma jismlarga inertlik xususiyati xos va, ikkinchidan, inersial sanoq sistemasini ko`rsatish mumkin. Tashqi ta‘sirlardan holi bo`lgan moddiy nuqta har qanday inersial sanoq sistemalariga nisbatan nolga teng tezlanishga ega bo`lishi kerak. Shuning uchun, har qanday ikkita inersial sanoq sistemasi yo o`zaro harakatlanmaydi yoki bir-biriga nisbatan to`g`ri chiziqli tekis ilgarilanma harakatlanishadi. Geliosentrik sanoq sistemasini juda yuqori darajadagi aniqlikda inersial deb hisoblash mumkinligini tajribalar ko`rsatgan. Bu sistemaning koordinata boshi Quyosh sistemasining massa markazida joylashgan, o`qlari esa uzoqdagi uchta, masalan, koordinatalar sistemasining o`qlari o`zaro perpendikulyar bo`ladigan qilib tanlangan yulduzlar yo`nalishida o`tkazilgan. Asosan, Yerning sutkalik aylanishi tufayli Yer bilan bog`langan laboratoriya sanoq sistemasi noinersial bo`ladi. Ammo bu aylanish juda sekin. Shuning uchun aksariyat amaliy masalalarda Yerning sutkalik aylanishi tufayli bo`lgan va effektlar hisobga olmasa ham bo`ladigan darajada kichik va laboratoriya sanoq sistemasini yetarli darajada aniqlik bilan inersial deb hisoblash mumkin. Maxsus nisbiylik nazariyasida ko`rsatiladiki, inersial sanoq sistemasi faqatgina mexanikada emas shuningdek, fizikaning boshqa bo`limlarida ham asosiy rol o`ynaydi: har qanday fizik qonunning matematik yozuvi hamma inersial sanoq sistemasida bir xil ko`rinishda bo`lishi kerak. Bundan buyon biz alohida ta‘kidlamasdan faqat ana shunday sanoq sistemasidangina foydalanamiz. Moddiy nuqtaning noinersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatini tavsiflashning o`ziga xos tomonlarini ko`rib o`tamiz. INERSIAL SANOQ SISTEMASI — Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanok, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chizikli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli Inersial sanoq sistemasi yeda bir xil koʻrinishga ega (q. Nisbiylik prinsipы); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli Inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi. Har qanday yakkalangan sistemani Inersial sanoq sistemasi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi taʼsirlardan xoli mutlak, yakkalangan sistema mavjud boʻlmagani uchun Inersial sanoq sistemasi ideallashtirilgan mavhum tushunchadir. Amalda Inersial sanoq sistemasi sifatida taqriban Yer, Kuyosh, galaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan poyezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati oʻrganiladi. Mac, osmon mexanikasi va kosmonavtika masalalarini hal qilishda Inersial sanoq sistemasi sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning oʻk/1ari uchta yulduzga qaratiladi. Koʻpgina masalalarni hal etishda Inersial sanoq sistemasi sifatida Yer qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sis-temalar turlicha darajada inersialdir. Sanoq sistemalarining inersialligi masalasi fizik maydonlarni hisobga olish zarur boʻlganda murakkablashadi. Darhaqiqat, nisbiylik nazariyasi shuni koʻrsatadiki, gravitatsiya maydoni hisobga olinganda butun fazoda Inersial sanoq sistemasi mavjud emas; lekin kichik vaqt oraligʻida va fazoning yetarli dara-jada kichik sohasi uchun lokal — gali-ley Inersial sanoq sistemasi kiritilishi mumkin. Inersial sanoq sistemasi era nisbatan tezlanishli harakatlanayotgan sistemalar noinersialdir. Harakatni tavsiflash uchun noinersial sanoq sistemalari tanlangandagi nazariya umumiy nisbiylik nazariyasi deyiladi. Download 35.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling