Ko’`rdikki, antik davr matematiklari bu muammolarni qal qilish uchun ko’`p uringanlar, ammo matematik ma’lumotlarni etarli bo’`lmagani uchun oxiriga etkaza olmaganlar. Shunga qaramay, ular matematikani rivojlanishi uchun katta qissa qo’`shdilar. Yangi ma’lumotlar va yangi metodlarni yaratdilar. E.o. 323 yili Aleksandr Makedonskiy Vavilonda vafot etadi. Uning lashkarboshilari katta imperiyani bo’lib oladilar. Misrda Ptolomeylar hukmdorligi o’rnatiladi. Aleksandriya shahri dengiz bo’yida joylashganligi ya’ni port shahri bo’lgani, texnikani jamlaganligi savdo – sotiq uchun qulayligi uni yangi davlatning xo’jalik va boshqarish markaziga aylantirdi. Bu qulayliklar Ptolomeylarni Aleksandriya shahrida ilmiy – o’quv markazi – Muzeyon tashkil etishga , bu markazga yirik olimlarni jamlash (oylik to’lash asosida) ilmiy ishlarni va o’qitish ishlarini yo’lga qo’yishni tashkil etdi. Bu Muzeyon 700 yil davomida ilmiy markaz bo’lib qoldi va bu erda 500 mingdan ortiq qo’lyozmalar jamlandi. Shundan so’ng reaktsioner xristianlar tomonidan boshqa tillik olimlar quvg’in qilindi yoki o’ldirildi, Muzeyonni esa taladilar va oxiri o’t qo’ydilar. 700 yil davomida bu ilmiy markazda ko’plab antik olimlar ishladilar.Bulardan: Evklid (e.o. 360 – 283), Apolloniy (e.o. 260), Diofant (e.o. 250), Eratosfen (e.o. 250), Menelay (e.o.100), o’eron (e.o. I-II), Ptolomey (e.o.150), Aristotelь (e.o. 384 – 322) va boshqalar. Boshlang’ichlar 13 ta kitobdan iborat. Bularning har birida teoremalar ketmaketligi bor. I – kitob: ta’rif, aksioma va postulatlar berilgan.Boshqa kitoblarda faqat ta’riflar uchraydi (2-7,10,11). Ta’rif – bu shunday jumlaki, uning yordamida avtor matematik tushunchalarni izoxlaydi. Masalan: “ nuqta bu shundayki, u qismga ega emas” yoki “kub shunday jismki, u teng oltita kvadrat bilan chegaralangan”. Aksioma – bu shunday jumlaki, uning yordamida avtor miqdorlarning tengligi va tengsizligini kiritadi. II – kitob geometrik algebraga bag’ishlangan bo’lib, bunda to’g’ri to’rtburchak va kvadrat yuzlari orasidagi munosabatlar algebraik ayniyatlarni interpritatsiya qilish uchun bo’ysundirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |