Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Matematika va informatika”


Download 110.46 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi110.46 Kb.
#1746164
Bog'liq
Хисобот ПТК


Chirchiq davlat  pedagogika universiteti
 “Matematika va informatika”  fakulteti
Algebra va matematik analiz” kafedrasida pedagogik ta’limda innovatsion klaster dasturi bo‘yicha bajarilgan ishlar hisoboti

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bilim berishning zamonaviy pedagogik innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishi, ya’ni 2030-yilga kelib iqtisodiyotning fan va texnika yo‘nalishi bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim maktablari uchun majburiy bo‘lgan Davlat ta’lim standartlari talablarida berilgan tayanch ta’lim mazmuni bajarish, o‘quv dasturiga zamon talablaridan kelib chiqib, fundamental, nazariy yoki eksperimental fan sifatida yondashish, fanning falsafiy va metodologik jihatdan yangilanishini, ta’lim mazmuni va o‘qitish uslubiga nisbatan takomillashtirilgan, samarali boshqaruv usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi


Bugungi kunda har qanday davlatning asosiy tendensiyasida innovatsion faoliyat yuqori o’rinlarni egallamoqda. Innovatsiya hayotimtizga kirib kelganiga hech qancha bo’lmay sezilarli darajada misli ko’rinmagan texnologiyalarni taqdim etmoqda. Shu bilan bir qatorda jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatibgina qolmay, balki ta’lim sohasi tizimiga ham bir qancha texnologiyalarni taqdim etmoqda. Ta’lim tizimida innovatsiyalarni yanada rivojlantirish jumladan o’rta maktabda o’quvchilarga bilim berishda yangicha yondashuvlarni va qarashlarni tadbiq qilish kerak.


Ushbu kunga qadar Pedagogik ta’limda innovatsion klaster dasturi bo‘yicha 

Chirchiq davlat  pedagogika universiteti


“Matematika va informatika”  fakulteti
“Algebra va matematik analiz” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va davom ettirilmoqda

Xozirgi kunda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 3 ta ilmiy ish, aniq va 


tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) yo‘nalish bitiruvchi magistrlaridan __2___bitiruvchi magistrlar va yo‘nalish bitiruvchi talabalridan___10__ta bitiruv malakaviy ishlarlar mavzusi tasdiqlandi va muvaffaqiyatli himoy qilinib talabalar tomonidin ilmiy faoliyat olib borildi. Bulardan tashqari kafedra 
xodimlari hamda  yosh pedagog hodimlardan, M.R.Yusupov, A.G.Abduraxmonov, va Sh.Abdullayevlar pedagogik ta’limda innovatsion klaster dasturi asosida ilmiy
 izlanishlar olib borishmoqda. Shu o‘rinda aytish mumkinki yuqorida aytib o‘tilgan 
hodimlar ilmiy ish mavzularini tasdiqlatib, ilmiy raxbarlar biriktirilib va ushbu 
ilmiy ishlar asosida bir nechta natijalarga erishib kelishmoqda. Ya’ni yosh 
izlanuvchilar tomonidan bir nechta maqolalar, tezislar va o‘quv qo‘llanmalar chop qildirilgan 
bo‘lib hozirgi kunga kelib har bir yosh tadqiqotchi hodim o‘zining qilgan yangilik va 
tadqiqot ishlarini ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha bir qator seminarlar tashkil qilib
 kelishmoqda
Kafedrada PTIK bo‘yicha bir qancha ilmiy nashrlar bajarildi.
Umumta’lim maktabi va oliy ta’lim o‘rtasida ta’lim klasterni tashkil etish maqsadi kafedra va Chirchiq shahar 8, 15,  umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rasida shartnomalar imzolanib shartnomada ko‘zda tutilgan ta’lim klasteri bo‘yicha ilmiy todqiqot ishlarini bajarib kelinmoqda “Algebra va matematik analiz” kafedrasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilgan ishlar :
Chirchiq shaxridagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda maktab labaratoryasi tashkil qilish bo’yicha shartnoma tuzilgan bo’lib, kafedramiz o’qituvchilari rejaga asosan ishlar olib bormoqda.
Hamkorlik doirasida har hafta kafedramiz o’qituvchilari maktabga tashrif buyurib maktab o’qituvchilariga metodik ko’rsatma berib borishmoqda.
Tashabbuskor talaba loyihasi doirasida institutimiz va viloyat xalq talimi o’rtasida ishlab chiqilgan dastur asosida kafedramiz o’qituvchilari va matematika o’qitish metodikasi talabalari Chirchiq shaxridagi 9-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib dastur asosida ishlar olib borishdi va har chorakda hisobotlari qabul qilinmoqda.

Talabalarimizning o’qituvchilar bilan birga olib borgan dars mashg’ulotlaridan lavhalar







Umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim o‘rtasida taʼlim klasterni tashkil etish maqsadida kafedramiz va Chirchiq shahar 8, 9, 15,18 -umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘rtasida shartnomalar imzolanib shartnomada ko‘zda tutilgan taʼlim klasteri bo‘yicha ilmiy todqiqot ishlarini bajarib kelinmoqda. Ushbu maktab o‘qituvchilari va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yilib, maktab o‘quvchilarini turli matematika fanidan ko‘rik tanlovlar, bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalariga tayyorlash ishlari olib borildi va shu kunga umumiy tartibda tuman bosqichi g‘oliblairini tayyorlash ishlari olib borildi. Shular jumlasidan misol tariqasida shuni aytish mumkinki, 2023-yil mart-aprel oyilarida umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilarini matematika faniga qiziqishlarini oshirish va kelajak kasblarini to‘g‘ri tanlashlarida ko‘maklashish maqsadida fakultet ochiq eshiklar kunlari o‘tkazildi va “Algebra va matematik analiz” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ushbu kunlar doirasida Bo‘stonliq tumanining bir nechta maktab o‘quvchilariga seminar trening darslari, institut shart sharoitlari bilan tanishtirishga bag‘ishlangan sayr va qiziqarli matematika va olimpiada masalalariga bag‘ishlangan darslar ko‘rgazmalarini tashkil qilib borishdi.


Olimpiada otkazish jarayonidan lavha:



Umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilarini har xil buzg‘unchi g‘oyalardan saqlash maqsadida umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini unumli tashkillashtirish maqsadida fakultet tasarrufidagi “Matematika va IT” markazida tayyorlov kurslari tashkil qilingan va o’quvchilarni bilimlarini mustahkamlash boyicha ishlar olib borilmoqda.


IT markazid:



Matematika va informatika fakultetida umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilarini matematika faniga qiziqishlarini oshirish va kelajak kasblarini to‘g‘ri tanlashlarida ko‘maklashish maqsadida fakultet ochiq eshiklar kunlarida “Algebra va matematik analiz” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi tadbirlardan lavhalar:


Tashrif mobaynida Algebra va matematik analiz kafedrasi katta o’qituvchisi A.G.Abduraxmonovning dars jarayonida bo’lib darsni kuzatishdi.

Dars jarayonida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib o’zlariga kerakli ma’lumotlar olishdi.
O’quvchilarga Algebra va matematik analiz kafedrasi katta o’qituvchisi M.N.Esonturdiyev hamroxlik qildi. O’quvchilar kafedra hayoti, matematika yo’nalishiga katta hissa qo’shgan akademiklar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirib tushuntirishlar olib borildi.


Jumladan, 2023 yil 14-17 mart kunlari Chirchiq shahar 5-sonli umumta’lim maktabning 9- 10- hamda 11 sinf o’quvchilari bilan “zakovat” ochiq master klass o’yinlari o’tkazildi.


Unda talabalar akademiyasi talabalari ham faol ishtirok etishdi. G‘olib bo‘lgan jamoalarga Matematika va informatika fakulteti tomonidan esdalik sovg’alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.



Sentyaber oyida o’qituvchilardan A .Abduraxmanov va M.Goipovlar 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlik doirasida matematika darslarida qatnashib maktab o’qituvchilari bilan o’z-aro fikir almashdilar.
Download 110.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling