Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti "umumiy pedagogika"


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/38
Sana31.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1310586
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim (2)

«Konseptual jadval» 
Bu bir qancha faraz, qonun yoki hodisa, dalillar va boshqalarni 
solishtirish kerak bo‘lganda qo‘llanadigan grafik tashkilotchidir. 
Konsep-tual jadvalda tahliliy axborotning katta hajmi ixcham 
joylashtirilgan. Bunday jadval mashg‘ulotning metodik ta’minotiga 
(slayd, o‘quv plakati va h.k.) qo‘l keladi. Muayyan muammo bo‘yicha 
konseptual jadvallarni tuzishga topshiriqni kichik guruhlarda aqliy 
hujumdan foydalanib tuzish va uni butun guruh bo‘yicha muhokama 
qilib, eng maqbul variantni ishlab chiqish – amaliy mashg‘ulotlarning 
“anglash” va “fikrlash” fazasida aniq bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot 
mazmuni bo‘lib xizmat qilishi mumkin. o‘tkazish texnolo-giyasi 
quyidagicha: 
1) Yangi axborot bilan ishlash (tanishish).
2) Jadval tuzish. Konseptual jadvalda vertikal bo‘yicha solish-
tiriladigan, gorizontal bo‘yicha esa – solishtirish amalga oshiriladigan 
turli tavsiflar joylashtiriladi.
3) Jadvalni to‘ldirish. Ta’lim oluvchilar solishtirish mezonlarini 
ifoda etadilar va axborotni mos kelgan mezonlar bo‘yicha taqsimlaydilar. 
«Sinkveyn» 
O‘rganilayotgan materialni puxta anglash uchun qo‘llaniladigan 
interfaol usullardan biri hisoblanadi. Sinkveyn-fransuzcha besh qatorli 
o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha 
to‘g‘risidagi axborot yoyilgan holda o‘quv so‘zi bilan, turli variantlarda 
va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. 
Sinkveyn tuzish qoidasi: -birinchi qatorda mavzu bir so‘z, odatda 
ot bilan ifodalanadi? (Kim? Nima?); 
-ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi. (Qanday? 
Qanaqa?) 
-uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti – harakat uchta so‘z 
(fe’l) bilan ifodalanadi; 
-to‘rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur anglatuvchi va 
to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi; 
-oxirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga 
o‘xshash bo‘lgan bitta so‘z (sinonim) yoziladi. 


Sinkveyn tuzish-murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir 
nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. 
Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni puxtaroq anglashga yordam berish 
bilan birga, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini yuqori darajada
rivojlantiradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling