FSMU
Ushbu texnologiya munozarali
masalalarni hal etishda, bahs-
munozaralar
o‘tkazishda
yoki
o‘quv
seminarlar
yakunida
(tinglovchilarning o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida),
yoki o‘quv rejasi asosida biror-bir bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng
qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini
himoya
qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga,
ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarni o‘quv
jarayonida
egallagan
bilimlarini
tahlil
etishga,
qay
darajada
egallaganliklarini
baholashga
ham
tinglovchilarni
bahslashish
madaniyatiga o‘rgatadi.
F – Fikringizni bayon eting, S – Fikringiz
bayoniga biror-bir sabab
ko‘rsating, M – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol
keltiring, U – Fikringizni umumlashtiring.
«Fikriy hujum» («Mozgovaya ataka»)
Mazkur metod tahsil oluvchilarning mashg‘ulotlar
jarayonidagi
faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda
bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan
mavzu yuzasidan rang-
barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy
vazifalarni hal etish
jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga
o‘rgatish uchun xizmat qiladi.
«Fikriy hujum» metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib,
uning asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulot (bahs)ning har bir ishtirokchisi
tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga
nisbatan tanqidni mutlaqo
ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibalarni rag‘batlantirishdan
iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad tahsil oluvchilarning mashg‘ulot
(bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida
ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining
pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
«Fikriy
hujum»
metodidan
foydalanish
chog‘ida
tahsil
oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu
metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: