Chirchiq davlat pedagogika universiteti rajabova irina taxirovna
Download 0.79 Mb.
|
Avtorefeat Rajabova Irina yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy ahamiyati
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, struktural, biografik, germenevtik va psixologik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: dunyo adabiyotshunosligida hikoyaning adabiy janr sifatida paydo bo‘lishi, genezisi va tadrijiy rivojlanish bosqichlari XX asr hikoyachiligi taraqqiyoti misolida rus va o‘zbek yozuvchilarining hikoya janrida syujet yaratish mahorati, unda yozuvchi ijodiy konsepsiyasining o‘sish-o‘zgarishlarini qiyosiy-tipologik tasniflash asosida aniqlashtirilgan; hikoya janrining taraqqiyotida badiiy uslubning umumiy va xususiy belgilari A.Chexov va A.Qahhor ijodiy konsepsiyasining boshqa yozuvchilarga syujet va kompozitsion yaxlitlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan ta’siri masalasini individual poetik mahoratning ahamiyatini badiiy komponentlar tig‘izligini ta’minlash nuqtayi nazaridan dalillash asosida aniqlashtirilgan; hikoya janrining novelladan janriy belgilar bo‘yicha farqi va syujet liniyalarining tarmoqlanishiga ko‘ra tafovutlanishi I.Bunin, A.Chexov, V.Rasputin, I.Turgenov, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev asarlarini qiyosan tahlil qilish hamda hikoya janrining ifoda xususiyatlarini badiiy uslub nuqtayi nazaridan ochib berish asosida dalillangan; badiiy xronotopning hikoya voqeligi, syujet va kompozisiya yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati hikoyaning janr sifatidagi belgilari, joriy shakli shamoyili, ixcham va ifodaviyligi, unga qo‘yiladigan poetik mazmun va badiiylik shartlarini nasriy ifoda uslubining o‘ziga xos xususiyatlari orqali aniqlashtirish asosida ochib berilgan. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati tahlilga tortilgan adabiy-badiiy, ilmiy-nazariy manbalardan, izlanishning yakuniy xulosalari sifatida tavsiya etilgan materiallardan o‘zbek, yozuvchi mahorati va adabiyot nazariyasi masalalari hamda o‘zbek va rus nasriga doir tadqiqotlarda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi; Tadqiqotning amaliy ahamiyati oliy ta’lim tizimidagi “Yangi o‘zbek adabiyoti”, “Jahon adabiyoti”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi” kabi fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda yordamchi material sifatida hamda yozuvchilar ijodi bo‘yicha alohida seminar va maxsus kurslarda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling