Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Chirchiq suv havzalari algoflorasining mavsumiy rivojlanishi


Download 2 Mb.
bet15/30
Sana16.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1489676
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI

Chirchiq suv havzalari algoflorasining mavsumiy rivojlanishi

Suvo‘tlarining yil mavsumlari davomidagi rivojlanishi suv va havo harorati, tiniqlik, suvning kimyoviy tarkibi va boshqa bir qator omillarga bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda, suvutlarining mavsumiy rivojlanishida tashqi muhit omillarining tutgan o‘rni haqida ma'lumotlar ko‘p bo‘lib, ayrim mualliflar, muhit omillaridan biri hal qiluvchi muhim o‘rin tutadi deb yozsa, yana boshqalari omillarning kompleks ta'siri qakida yozishgan. Mualliflarning ko‘pchiligi ekologik omillardan haroratning o‘zgarishi yetakchi desalar yana boshqalari biogen elementlar dinamikasi yetakchi deb hisoblashgan.


O‘rta Osiyo tog‘li hududlaridagi daryolar algaflorasini o‘rgangan A.M.Muzaffarov (1958) ma'lumotlariga ko‘ra, yoz mavsumi davrida daryo suv- o‘tlarining rivojlanishini cheklovchi omili bu suvning loyqaligi deb hisoblaydi[11]. O‘rta Osiyoning sun’iy suv havzalarida yoz mavsumidagi yuqori harorat ko‘pgina turlarni yalpi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
A.X.Alimjanova (1991, 2005) suvo‘tlarining rivojlanishi ekologik omillar guruhiga bog‘lik deb hisoblaydi. Chirchiq daryosi, Zaxariq kanali, Bo‘zsuv kanali, Iskandar kanali, Xonariq kanali kanali oqimi bo‘ylab harorat, gaz rejimi, tiniqlik, mineralizatsiya, shuningdek, biogen elementlar miqdori mavsumga bog‘lik holda o‘zgardi.
Bahor mavsumida daryo oqimlari bo‘ylab suvning harorati 13°-17°C, havo harorati 18° - 30° C oralig‘ida, pH - 6, suvning tiniqligi yuqori oqimdan o‘rta oqimga borgan sari 2 - 8 sm dan, oqim tezligi 1,4 -0,6 m/sek. ga o‘zgaradi. Bunday sharoitda daryo va kanallardagi suv oqimlari bo‘ylab bahor mavsumida 111 ta tur aniqladik. Chirchiq daryosida 110 ta, Zaxariq kanalida 111 ta, Bo‘zsu kanalida 88 ta, Iskandar kanalida 110 ta, Xonariq kanalida 69 ta tur aniqlandi.
Aniqlangan turlarining diatom suvo‘tlaridan - Melosira moniliformis (O.Muell) Ag. , Diatoma anceps ( Her, ) Kirchn., Ceratonies arcus (Her.) Kuetz., Synedra acus Kuetz., Eunotia fallax A.Cl., Peronia herbaudii Brun et Perag., Cocconeis disculus ( Schum.) Cl., Achnathes affinis Grun., Rhoicosphenia curvata (Kuetz) Grun., Stauronies anceps Ehr., Mastogloia braunni Grun., Diatomella balfouriana Grev., Navicula arguens Skv., Navicula menisculus Schum., Navicula vitudula Kuetz., Pinmandaria interruptaf minutissima Hust., Caloneis amphisbaena (Bory) Cl.,Gyrosigma acuminatum (Kuetz) Rabenh., Pleurosigma elongatum W.Sm., Amphora altaica Poretzky, Amphora venata Kuetz., Cymbella aequalis W.Sm., Cymbella deliculata Kuetz., Cymbella lata Grun., Cymbella norvegica Grun., Dydesmphoneia geminate(Lyngb.) M. Schmidt, Gomphonema abbreviatum (Ag.) Grun. Nitzchia acicularis Kuetz., Cymatopleyra elliptica(Breb) W.Sm. Surirella angustata Kuetz. dominant diatom suvo‘tlari hisoblanadi.
Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo’tlarini o‘rganish uchun 2021-2022-yillar davomida bahor, yoz, kuz, qish fasllarida algologik namunalar yig’ildi.
Chirchiq shahar suv xavzalarida aniqlangan diatom suvo‘tlarining daryo va kanallardagi suv oqimlari bo‘ylab bahor, yoz, kuz va qish mavsumida rivojlanishi quyida keltirilgan jadval asosida tahlil qilindi.

3.1-rasm. Chirchiq shahar tabiiy va sun’iy suv havzalari diatom suv‘tlarining mavsumiy o‘zgarishi
Bahor mavsumida Zaxariq kanalida 111 ta, Bo‘zsu kanalida 88 ta, Chirchiq daryosida 110 ta, Iskandar kanalida 110 ta, Xonariq kanalida 69 ta tur aniqlandi. Yoz mavsumida Zaxariq kanalida 110 ta, Bo‘zsu kanalida 95 ta, Chirchiq daryosida 106 ta, Iskandar kanalida 97 ta, Xonariq kanalida 79 ta tur aniqlandi. Kuz mavsumida Zaxariq kanalida 112 ta, Bo‘zsu kanalida 106 ta, Chirchiq daryosida 96 ta, Iskandar kanalida 102 ta, Xonariq kanalida 61 ta tur aniqlandi. Qish mavsumida Zaxariq kanalida 89 ta, Bo‘zsu kanalida 70 ta, Chirchiq daryosida 88 ta, Iskandar kanalida 98 ta, Xonariq kanalida 61 ta tur aniqlandi.
Chirchiq shahar suv havzalarida yil mavsumi davomida diatom suvo‘tlarning tur xillarining soni yoz, kuz mavsumi davomida maksimal darajada 112 ta bo‘lishi aniqlandi.
Zaxariq kanali diatom suvo‘tlari 2021-2022-yillar davomida o‘rganilganda umimiy 152 ta diatom suvo‘ti turi aniqllandi va fasllar kesimida quyidagi dominant [40; 36-46-b] turlar aniqlandi:
Melosira distans (Ehr) Kuetz., Cyclotella baicalensis Skv., Synedra acus Kuetz., Synedra amphisephala Kuetz., Synedra famelica Kuetz., Eunotia fallax A.Cl., Cocconeis disculus(Schum.) Cl., Achnathes coarctata(Breb) Grun., Diatomella balfouriana Grev., Mastogloia Braunii Grun., Mastogloia elliptica
(Ag )Cl., Navicula arguens Skv., Navicula diluviana Krassake., Nvicula hungarica Gun., Navicula menisculus Schum., Navicula longirostris Hust., Navicula microcephala Grun., Navicula seminulum Grun., Gyrosigma spenceri (W.Sm.)Cl., Amphora altaica Poretzky, Cymbella aequalis W.Sm., Cymbella parva (W.Sm) Cl., Cymbella gracilis (Rabenh.)Cl., Cymbella ventricosa Kuetz., Gomphonema tergestinum(Grun) Fricke, Nitzchia acicularis W.Sm., Synedra ovata Kuetz. turlari aniqlandi. Dominant turlarning umumiy soni 27 tani tashkil etdi.
O‘rganilayotgan ob’yektda qish faslida yagona tur Eunotia tenella (Grun.) Hust. turi aniqlandi.
Bo‘zsu kanalida 2021-2022-yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 132 ta diatom suvo‘ti turi aniqlandi. Fasllar kesimida bahor oylarida 88 ta, yoz mavsumida 95 ta, kuz mavsumida 106 ta, qish mavsumida 70 ta diatom suvo‘ti turlari aniqlandi.
Bo‘zsu kanali diatom suvo‘tlari 2021-2022-yillarda o‘rganilganda quyidagi 14 ta dominanat diatom suvo‘ti turlari aniqlandi:
Meridion circulare Ag., Ceratonies arcus(Ehr) Kurtz., Synedra acus Kuetz., Diatomella balfouriana Grev., Mastogloia braunii Grun., Stauroneis anceps Ehr., Navicula arguens Skv., Navicula dicephala (Ehr.)W.Sm., Navicula graciloides A.Mayer., Navicula menisculus Schum., Calonies amphisbaena (Bory)Cl., Gyrosigma acuminatum (Kuetz.) Rabenh. Pleurosigma alongatum W.Sm., Surirella angustata Kuetz. .
Bo‘zsu kanalida Rhoicosphenia curvata (Kuetz) Grun., Cymbella turgidula Grun., Dydmosphenia geminata (Lyngb.) Schmidt. Turlari faqat bahor oylarida uchrashi aniqlandi.
Yoz, kuz, qish fasllarida yagona tur sifatida diatom suvo‘tlari aniqlanmadi.
Chirchiq daryosida 2021-2022-yillar davomida algolgik tadqiqotlar natijasida 135 ta diatom suvo‘ti turi aniqlandi. Fasllar kesimida bahor mavsumida 110 ta tur, yozda 106 ta tur, kuz mavsumida 96 ta tur, qish mavsumida 88 ta tur aniqlandi.
Chirchiq daryosida dominant diatom suvo‘tlaridan quyidagi turlar aniqlandi:
Melosira distans (Ehr) Kuetz., Cyclotella planctonica Braunth., Diatoma anceps(Ehr) Kirchn., Ceratonies arcus(Her) Kuetz., Synedra acus Kuetz., Eunotia fallax A.Cl., Peronia herbaudii Brun et Perag., Cocconeis disculus(Schum.)Cl., Achnathes affinis Grun., Achnathes nodosa A.Cl., Rhoicosphenia curvata (Kuetz.)Grun., Diatomella balfouriana Grev., Mastogloia braunii Grun., Stauronies anceps Ehr., Navicula arguens Skv., Navicula forcipata Grev., Navicula lancelota (Ag.) Kuetz., Naviculosa pelliculosa (Breb) Hilse., Navicula variostriata Krassake, Pinmandaria interruptaf minutissima Hust., Gyrosigma acuminatum (Kuetz.) Rabenh., Pleurosigma elongatum W.Sm., Amphora altaica Poretzsky, Cymbella aequalis W.Sm., Cymbella gracilis(Rabenh) Cl., Cymbella parva (W.Sm.) Cl., Cymbella ventricosa Kuetz., Dydmosphenia geminata (Lyngb.) M.Schmidt, Gomphonema abbreviatum Kuetz., Denticula elegans Kuetz., Nitzchia acicularis W.Sm., Nitzchia linearis W.Sm., Nitzchia telezkoensis Sheshukova, Cymatopleyra elliptica (Breb) W.Sm., Surirella angustata Kuetz.
Chirchiq daryosida bahor va qish oylarida aynan shu fasllar uchun yagona turlar aniqlanmadi.
Chirchiq daryosida algologik kuzatishlar natijasida faqat yoz oyida uchraydigan 18 ata diatom suvo‘ti turi aniqlandi. Bualr: Melosira undulata (Ehr) Kuetz., Eunotia pectinalis (Kuetz.) Rabenh., Achnathes fragilarioides Boye P., Navicula bryophila Boye P., Navicula gibbula Cl., Navicula menisculus Schum, Navicula pupula Kuetz., Navicula viridula Kuetz., Calonies bacillum (Grun) Mer., Gyrosigma strigile (W.Sm.) Cl., Amphora hosatica Hust., Cymbella aspera (Ehr) Cl., Cymbella laevis Naeg., Cybella Skvortzowi Skabitsch, Gomphonema constrictum Ehr., Nitzchia Obtusa W.Sm., Nitzchia vermicularis (Kuetz.) Grun., Surirella linearis W.Sm. diatom suvo‘tlari aniqlandi.
Chirchiq daroyosida kuz oylarida yagona tur sifatida Cyclotella kuetzingiana Thwait diatom suvo‘ti aniqlandi.
Iskandar kanalida 2021-2022-yillar davomida algologik tadqiqotlar o‘tkazildi va 144 ta diatom suvo‘ti turi aniqlandi. Fasllar kesimida bahor oylarida 110 ta tur diatom suvo‘ti, yozda 97 ta diatom suvo‘ti, kuz faslida 102 ta tur, qish faslida 98 ta tur diatom suvo‘tlari aniqlandi.
Iskandar kanalida dominant diatom suvo‘tlari sifatida 26 ta tur aniqlandi. Bular: Melosira distans (Ehr) Kuetz., Melosira moniliformis (O.Muell) Ag., Melosira undulate (Ehr) Kuetz., Melosira varians Ag., Diatoma anceps (Ehr) Kirchn., Ceratonies arcus(Her) Kuetz., Navicula bicapitellata Hust.,Navicula exigua(Greg) O.Muell., Navicula hungarica Grun., Navicula miniscula Grun., Pinmandaria interruptaf minutissima Hust., Clonies amphibaena (Bory) Cl., Gyrosigma acuminatum (Kuetz.) Rabenh., Pleurosigma elongatum W.Sm., Amphora altaica Poretzsky, Cymbella aequalis W.Sm., Cymbella gracilis(Rabenh) Cl., Cymbella naviculiformis Auersw., Cybella turgidula Grun., Dydmosphenia geminata (Lyngb.) M.Schmidt., Gomphonema abbreviatum Kuetz., Rhopalodia parallela (Grun) O.Muell., Nitzchia acicularis W.Sm., Nitzchia gracilis Hantzsch., Cymatopleyra elliptica (Breb.) W.Sm., Surirella angustata Kuetz. diatom suvo‘ti turlari aniqlandi.
Faqatgina yoz faslida uchraydigan 10 ta diatom suvo‘ti turi aniqlandi. Bular :
Achnathes conspicua A.Mayer, Navicula fluens Hust., Navicula jasnitsky Skv. et Meyer., Navicula peregrina (Ehr) Kuetz., Amphora dellicatisima Krassake, Cymbella amphicephala Naeg., Cymbella hustedtii Krassake, Cymbella parva(W.Sm.) Cl., Gomphonema bohemicum Reich et Friske., Nitzchia amphibia Gtun., Nitzchia ovalis Arn. .
Algologik tadqiqotlar natijasida bahor, kuz va qish fallarida aynan shu fasllarda uchraydigan yagona tur aniqlanmadi.
Chirchiq shahridagi Xonariq kanalida 2021-2022-yillar davomida diatom suvo‘tlarini aniqlash bo‘yicha algologik tadqiqotlar olib borildi. Kanalda umumiy 118 ta tur diatom suvo‘ti aniqlandi. Fasllar davomida esa bahor faslida 69 ta diatom suvo‘ti turi, yozda 79 ta diatom suvo‘ti turi, kuz va qish fasllarida 61 tadan diatom suvo‘ti turlari aniqlandi. Tadqiqotlar natijasida kanalda 16 ta dominant diatom suvo‘tlari aniqlandi:
Melosira moniliformis (O.Muell) Ag., Diatoma anceps(Ehr) Kirchn., Synedra acus Kuetz., Eunotia fallax A.Cl., Cocconeis disculus (Schum.) Cl., Achnathes affinis Grun., Rhoiscosphenia curvata (Kuetz.) Grun., Diatomella balfouriana Grev., Mastogloia braunii Grun., Stauronies anceps Ehr., Pinmandaria interruptaf minutssima Hust., Gyrosigma acuminatum (Kuetz.) Rabenh., Pleurosigma elongatum W.Sm., Didymosphenia geminata (Lyngb.) M.Schmidt., Gomphonema abbreviatum(Ag) Kuetz., Cymatopleyea elliptica (Breb) W.Sm.
Xonariq kanalida algologik tadqiqotlar natijasida yoz faslida aynan kuz faslida uchraydigan boshqa fasllarda bu kanalda uchramaydigan 15 ta dominant diatom suvo‘tlari aniqlandi. Bular:
Cyclotella melosiroides (Kirch.) Lemm., Navicula cari Ehr., Navicula exigua(Greg.) O.Muell., Navicula graciloides A.Mayer., Navicula longirostris Hust., Navicula pelliculosa(Breb.) Hilse., Naviula simplex Krassake, Amphora normanii Rabenh., Cymbella austriaca Grun., Cymbella Helvetica Kuetz., Cymbella lata Grun., Cymbella sinuate Greg., Nitzschia amphibian Grun., Nitzschia intermedia Hantzsch, Surirella ovata Kuetz. .
O‘rganilayotgan ob’yektda kuz faslida yagona tur sifatida 11 ta turlar aniqlandi. Bular: Cyclotella ocelata Pant., Navicula incerta Grun., Navicula menisculus Schum., Navicula pupula Kuetz., Amphora ovalis Kuetz., Cymbella borealis Cl., Cymbella hustedtii Krassake, Cymbella naviculiformis Auersw., Cymbella Skvortzovi Skabitsch., Nitzschia communis Rabenh., Surirella peisonis Pant. turlaridir. Xonariq kanalida algologik tadqiqotlar natijasida bahor va qish fasllarida aynan shu fasllarda uchraydigan yagona turlar aniqlanmadi.
Chirchiq shahar suv havzalarida umumiy 30 ta dominant diatom suvo‘tlari aniqlandi.Bular quyidagilar:
Melosira moniliformis (O.Muell) Ag. , Diatoma anceps ( Her, ) Kirchn., Ceratonies arcus (Her.) Kuetz., Synedra acus Kuetz., Eunotia fallax A.Cl., Peronia herbaudii Brun et Perag., Cocconeis disculus ( Schum.) Cl., Achnathes affinis Grun., Rhoicosphenia curvata (Kuetz) Grun., Stauronies anceps Ehr., Mastogloia braunni Grun., Diatomella balfouriana Grev., Navicula arguens Skv., Navicula menisculus Schum., Navicula vitudula Kuetz., Pinmandaria interruptaf minutissima Hust., Caloneis amphisbaena (Bory) Cl.,Gyrosigma acuminatum (Kuetz) Rabenh., Pleurosigma elongatum W.Sm., Amphora altaica Poretzky, Amphora venata Kuetz., Cymbella aequalis W.Sm., Cymbella deliculata Kuetz., Cymbella lata Grun., Cymbella norvegica Grun., Dydesmphoneia geminate(Lyngb.) M. Schmidt, Gomphonema abbreviatum (Ag.) Grun., Nitzchia acicularis Kuetz., Cymatopleyra elliptica(Breb) W.Sm., Surirella angustata Kuetz. .

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling