Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 2 Mb.
bet10/30
Sana16.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1489676
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI

Yu. To‘xtaboyeva [63; 5-6-b.] 2015-2017-yillarda Farg‘ona vodiysi tuproq suvo‘tlarini o‘rganib, 109 ta turni aniqlagan. Bulardan, yashil suvo‘tlar-43 tur, ko‘k-yashil suvo‘tlar-36 tur, sariq-yashil suvo‘tlar-16 tur, diatom suvo‘tlaridan-14 tur uchrashini aniqlagan. Hududda 7 ta vakil dominantlik qilishi, bular Chlorocaceae, Uocystaceae, Ossilatoriaceae, Nostocaceae turlari Phoruaidium (9 tur), Gleocapsa (4 tur) turlari ko‘p uchrashi aniqlagan. Turlarning xilma-xilligi va tarqalishiga edafik omillarning ta’sirini o‘rgangan. Shimoliy yon bag‘irida
ko‘k-yashil suvo‘tlar- 35tur, sariq-yashil suvo‘tlar- 16 tur, janubida 11 turdagi diatomlar ko‘p tarqalganligini o‘rgangan.
Yu.To‘xtaboyeva [64] Farg‘ona vodiysining Namangan viloyatida to‘q bo‘z tuproqlarida suvo‘tlarning xilma-xilligini o‘rgangan. To‘q bo‘z tuproqlarda 100 tur suvo‘tini aniqlagan bo‘lib, jumladan 43 tur yashil,34 ta ko‘k-yashil, 11 ta sariq
-yashil, 12 ta diatom suvo‘tlarini aniqlagan. Hududda yagona tur sifatida evglenasimon suvo‘tlardan Trachelomonas sp. va kriptomonadidan Cryptomonas erosa uchrashini aniqlagan. Chlamydomonales tartibidan Ch.steinii eng ko‘p tarqalgan suvo‘ti ekanligini keltirib o’tgan.
Y.SH.Toshpo‘latov [ 66; 49-54-b ] 2018-yil nashr qilingan maqolasida Oqdaryo suv ombori suv o‘tlari florasining shakllanishi va rivojlanishi Zarafshon daryosi fitoplanktonining holatiga bog‘liq ekanligini o’rgangan. Suv ombori algoflorasi 4 xil, 10 turkum, 14 oila va 24 avloddan iborat 71 tur ichidagi taksonlarni (63 tur, 16 nav va 1 shakl) o‘z ichiga olishini aniqlagan. Turlarning maksimal soni Bacillariophyta (56 IST), Cyanophyta 9 IST (8 tur va 1 shakl), Xanthophyta va Chlorophyta - mos ravishda 4 va 2 turga to‘g‘ri keladi. Hormogoniophyceae, Pennatophyceae va Heterotrychophyceae sinflari polimorf bo‘lib, ular 65 IST (jami 91%), 6 polimorf oila (62 IST, 88%) va 7 polimorf avlodni (53 IST, 75%) o‘z ichiga olishini aniqlagan.
Y.SH.Toshpo‘latov [65; 63-65-b] 2016-yilda chop etilgan maqolasida Zarafshon daryosi oʻrta oqimi algoflorasining taksonomik, floristik, qiyosiy, ekologik va indikator-saprob xususiyatlarini oʻrganaganligi, tadqiqot daryo bo‘yida joylashgan 10 ta kuzatuv nuqtasida o‘tkazilganligi keltirilgan. Ushbu nuqtalar yirik shaharlar kabi ifloslantiruvchi manbalarning joylashuvi bo‘yicha tanlangan. Aniqlanishicha, daryoda suvo‘tlarning 331 turi va navlari mavjud. Ular 81 ta turkum, 38 oila, 16 ta turkum, 11 ta sinf va 5 ta boʻlimga mansub. Bularning 97 turi va navi indikator-saprob suvo‘tlardir. Atrof-muhit sharoitlarining dastlabki uchta nuqtasi deyarli bir xil. Bu hududlarda 119 tur va navlar aniqlangan, ularning 37 turi indikator-saprob turlar ekanligigni o’rgangan. Daryo oqimi bo‘ylab saprob ko‘rsatkichi, saprob suvo‘tlarining darajasi va suvning ifloslanishi asta-sekin o‘sib borishini aniqlagan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling