Chirchiq davlat pedagogika universiteti tarix yo’nalishi 20/3 guruh talabasi jo’rayev firdavsning umumiy pedagogikadan


Download 1.63 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1184898
Bog'liq
17-mustaqil ish IX JAMURODOV JALOLIDDIN

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARI BO’YICHA ( sirtqi) ta’lim YO’NALISHI 1-IQ-2OTM-22- GURUH TALABASI JAMURODOV JALOLIDDINNING IQTISODIY XAVFSIZLIK fanidan


MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Tashqi iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligini ta`minlash
Reja:
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar.
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi.
  • Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin.Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo‘jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi capital evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog’liqdir.
Iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim.
Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi:
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000- yil 15- noyabr konvensiyasi;
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi 2003- yil 31- oktyabr konvensiyasi;
– Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999- yil 9- dekabr xalqaro konvensiyasi. Evropa Kengashi va Evropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi:
– Evropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘ri-sidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999- yil 27- yanvar);
– Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Evropa Ittifoqi¬ning pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002- yil 8- fevral).
Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling