Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
Download 88.98 Kb.
|
Hazratqulov Jasurbek. (1)
Sotishning ichki kanallari - bu, shu mamlakatning ichida turli turistik xizmatlar sotadigan (shu mamlakat hududida joylashgan mamlakat fiqorasimi yoki xorijliklarmi, ya’ni, kimga sotilishidan qat’iy nazar) filiallar, bo‘linmalar va vositachilik tashkilotlari tizimlaridir.
Sotishning tashqi kanallari - bu o‘z mamlakatida berilgan mamlakatga shartnomaga asosan turistik sayohatlar sotish majburiyatini qabul qilgan xorijiy turistik firma- vositachilarning ma’lum sonidir. Marketing strategiyasi ham ichki ham tashqi sotish kanallaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Biroq ularning ahamiyati ishlab chiqariladigan xizmatlar xarakteriga mos ravishda turlicha baholanishi mumkin. Agar turistik tashkilot kompleks xizmat ko‘rsatishga maxsuslashgan bo‘lsa, uning sotish mexanizmi asosan xorijiy vositachilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Turizm biznesi gigantlari «Amerikan Ekspress» yoki «TomasKuk» kabi xorijiy davlatlarda o‘z agentliklari yoki vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Ammo boshqa mamlakatlarda o‘z sotish kanallarini yaratish juda katta valyuta harajatlari bilan bog‘liq va bunday qaror qabul qilishga faqat yirik firmalargina qodirdirlar. O‘z xizmatlarini xorijda sotish uchun o‘rta darajadagi firmalar uchun mahalliy bozorda yaxshi pozitsiyaga va bunaqa ishlarda katta tajribaga ega bo‘lgan turistik tashkilotlardan foydalanish ko‘p jihatdan foydaliroqdir. Tashqi savdo mexanizmini shakllantirishda xorijiy turistik firmalar bilan shartnoma va bitimlar asosida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishni anglatadi. SHuning uchun ularni o‘rganish bu mexanizmning samarali faoliyat yuritishining ahamiyatli sharti hisoblanadi. Agar turfirma katta hajmlarda alohida turistik xizmatlar ishlab chiqarsa, shunga muvofiq rivojlangan ichki sotish mexanizmiga ham ega bo‘lishi kerak. Bozorda turoperator vazifasini ulgurji savdo tashkiloti faoliyati bilan tenglashtirsa bo‘ladi: u mehmonxona, transport va turizm industriyasining boshqa korxonalari xizmatlarini katta hajmlarda sotib oladi va vositachilar orqali yoki bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga sotadigan turlar dasturlarini ishlab chiqadi. Turoperatorlik firmalarining ko‘p yillik amaliy faoliyatlarida turmahsulotni sotishning turli yo‘llaridan foydalaniladi. Ular orasida quyidagilarni ajratishimiz mumkin: Xususiy sotishlar byurosini tashkil etish (savdo nuqtalari); vositachi turagentlik tarmoqlarini tashkil etish; yirik tashkilot va korxonalar bilan aloqa o‘rnatish; maxsuslashtirilgan magazinlardan foydalanish; pochta orqali turlarni sotish. Umumiy qilib aytiladigan bo‘lsa, turmahsulotni sotishni tashkil qilishning ikki shakli mavjud: xususiy sotishlar byurosini tashkil etish hamda kontragentlik tarmoqlaridan foydalanish. Ko‘p firmalarda turmahsulot sotish kanallari kombinatsiyalashgan, ya’ni, ham xususiy sotish bo‘linma va tuzilmalari, ham kontragentlik tarmoqlari mavjud. Download 88.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling