Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


II BOB. EKSKURSIYA XIZMATIDA OB’EKTLARNI KO‘RSATISH VAZIFASI, USULLARI VA O’ZIGA XOS XUXUSIYATLARI


Download 207.77 Kb.
bet6/16
Sana01.11.2023
Hajmi207.77 Kb.
#1736395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs Ishi - OS

II BOB. EKSKURSIYA XIZMATIDA OB’EKTLARNI KO‘RSATISH VAZIFASI, USULLARI VA O’ZIGA XOS XUXUSIYATLARI.

2.1. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatishning vazifasi.

Ekskursiya jarayonida ob’ektlarni ko‘rsatish - bu ko‘rgazmalilik tamoyilini amalga oshirish jarayoni bo‘lib, unda gid yordamida bir yoki bir nechta obyektlar bilan tanishib chiqiladi va obyektning mohiyati yoritiladi. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish bu ko‘rib-kuzatish orqali axborot olishning ko‘prejali jarayonidir. Ushbu jarayonda ekskursantlar harakati aniq maqsad va ketma-ketlikda amalga oshiriladi, obyektlarning ko‘z ilg‘amas jihatlariga e’tibor qaratilib, tahlil qilinadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlar obyektlami to‘g‘ri ko‘rishni, kuzatishni o'rganadilar bu esa obyektlarni ko‘rsatishning asosiy vazifasidir. Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda obyektni ko‘rsatishning predmeti, maqsadini to‘g‘ri belgilab, mavzu to‘liq yoritilishini inobatga olish kerak. Obyektlarni ko‘rsatish insonning mushohada va tomosha qilish kabi harakatlaridan yuzaga keladi. Mushohada va tomosha qilishda obyektlarni hech kim ko‘rsatmasa (gid bo‘lmasa), kuzatuvchi predmetlami passiv qabul qiladi. Obyektlarni ko‘rsatish jarayonidan farqli ravishda ularni tomosha qilish jarayonida shunchaki yuzaki tanishib chiqiladi. Kishi birovning yordamisiz biror bino, yodgorlik yoki muzey ekspozitsiyasining tashqi ko‘rinishini tomosha qilishi mumkin. Agar mutaxassis tomonidan ob’ekt ko‘rsatilsa, uning alohida qismlari, o‘ziga xosligini farqlaydi, tahlil qiladi.



Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatishning vazifasi quyidagilarda namoyon bo‘adi: ekskursantlar qarshisidagi ob’ektlarni ko‘rsatish; saqlanmagan ob’ektlarni ko‘rsatish (faqatgina rasmlarda saqlanib qolgan); shu joyda bo‘lib o'tgan voqealami ko‘rsatish, ekskursantlar ko‘z oldiga jonlantirish; tarixiy shaxsning (yozuvchi, rassom, harbiy) hayot faoliyatini ko‘rsatish; tasvirlanayotgan voqea davrida ob’ekt qanday bo‘lganligini kо‘rsatish. Ekskursiya xizmati ob’ektlarini ко‘rsatish jarayoni samarali bo‘lishi uchun ma’lum shart-sharoitlami talab qiladi: to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatish nuqtasi; to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatish vaqti; mavzudan yiroq obyektlardan diqqatni chalg'itish imkoniyatining mavjudligi; ekskursantlar harakatini to‘g‘ri yo‘naltirish; gidning bilim va ko‘nikmasi; ekskursantlaming ob’ektlarni kuzatishga tayyorligi. Me’moriy yodgorliklarni ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ularni old tomondan(fasad) ko‘rsatmagan ma’qul. Bunda ko‘rsatish jarayoni manzarali bo‘lishi mumkin, lekin me’moriy emas. Yodgorlikning uch o‘lchami ham (uzunligi, balandligi, chuqurligi) ko‘rinishi uchun yondan ko‘rsatish maqsadlidir. Masalan, Ichan Qal’adagi Kalla Minomi (Xorazm viloyati) ertalabki quyosh nurlari urib turganda ko‘rsatib bo‘lmaydi, chunki yorug‘Iik minoraning ranglarini, salobatini o‘chiradi. Minoraning me’moriy o‘ziga xosligini tomosha qilishi uchun ekskursantlar uni atrofidan aylanishiga to‘g‘ri keladi.
Ekskursantlarga nisbatan uzoqroqda joylashgan ob’ektlarni yoki me’moriy ansambllami (masalan, “Registon” maydoni, “Shohi Zinda” majmuasi) ko‘rsatishning o‘ziga xos jihatlari bor. Bu yerda ob’ektlarni ko‘rsatishning panoramali usulini qo‘llash maqsadlidir. Ekskursantlar ongida ob’ekt to‘g‘risida tasavvur uyg‘onishi uchun ular ob’ektga bir necha marotaba ko‘z tashlashlari kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonni gid o‘z ko‘rsatmaIari bilan yo‘naltiradi.

Download 207.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling