Chirchiq davlat pedogogika universiti talabasi: Xolyorova Niginaning Tarix fandan tayyorlagan slaydi Mavzu: kuni O'zbekiston demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi amalga oshirayotgan siyosiy islohatlar
Download 0.53 Mb.
|
slayd 2 2
“Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur o‘rin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman.Birinchidan, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan ko‘ra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali to‘liq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.Shu yilning o‘zida 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uchun va nima maqsadda qabul qilinmoqda?
Albatta, xalqimiz farovonligi uchun.Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan “Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy bo‘ldi. Ko‘pdan buyon kutilgan, hayotning o‘zi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ushbu hujjat fuqarolarning davlat va jamiyat vazifalarini bajarishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmidir.Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi, kommunal xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling