Chiroyli qish tavirini beruvchi bezaklar bilan bezatilgan musiqa zali bolajonlar bilan yanada o’zgacha bo’ldi


Download 18.4 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi18.4 Kb.
#1411895
  1   2
Bog'liq
bayram hisobotlari

Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti tasarrufidagi 58-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Yangi yil” tadbirini o’tkazilishi yuzasidan HISOBOT.


Yangi yil- nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat bo’lishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Lekin u, ayniqsa bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda bolalik atalmish ertakning bosh qaxramoni – Qorbobo bilan uchrashadida.
58-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2021 yilni kutib olish uchun alohida tayyorgarlik ko’rildi. Tashkilotning binosi va guruh xonalari, musiqa zali bayramga bag’ishlangan plakat, stentlar, bayramona bezaklar bilan bezatildi. Tashkilot tarbiyachilari bayram dasturini bolalarga uzoq vaqt davomida ular yodida qoladigan yuksak darajada tashkil etishga harakat qilindi.
Chiroyli qish tavirini beruvchi bezaklar bilan bezatilgan musiqa zali bolajonlar bilan yanada o’zgacha bo’ldi.
Tadbirni tashkilot mudirasi Z. Qobilova ochib b, barchani kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan tabrikladi.
Shundan so’ng davraga musiqa sadolari ostida kichik, o’rta , katta, guruh tarbiyalanuvchilari tarbiyachilari bilan kirib kelishdi. Archa atrofida Qorbobo, Qorqiz, ertak qahramaonlaridan ayiqpolvon, quyoncha tulkivoy va albatta Yalmog’iz kampir bolajonlarni davrada o’ynab quvnashlari uchun alohida kasb etdi. Yalmog’izni she’ru qo’shiqlarda, topishmoqlarda lol qoldirgan bolajonlar Qorqizni qutqarib oldilar.
Bolalarning eng muhim ishlari o’yinlar o’ynash bo’lganligi uchun ular o’rtasida “Bayram” va “Qorparchasi” nomli o’yinlar o’ynatildi. O’yin davomidag’olib chiqqan bolajonlar Qorbobodan sovg’alar oldilar.
Guruh tarbiyachilaridan M. Shodiyeva , SH. Abdujalilova, Z. Mamatqulova, musiqa raxbari M. Shokirovalar bayramni tashkillashda jonbozlik ko’rsatdilar.
Tadbirni o’tkazish jarayonida tadbir o’tkaziladigan joyning yong’in hafsizligiga, karantin qoidalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirni o’takazish jarayonida tashkilot Kuzatuv kengashi a’zolari faol ishtirok etdilar.
Yangi yil bayram tadbiri bolajonlarning quvnoq o’yinlari sho’x qo’shiq va raqslari bilan ko’tarinki ruxda o’tdi .

MUDIRA: Z. Qoilova

Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim ta’shkiloti tasarrufidagi
58-DMTT da 2021 yil 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan
Bayram tadbiri Bayonnomasi

14 yanvar 2021 yil Qo’qon shahar


Qatnashganlar:
Z. Qobilova – mudira
5 nafar pedagog xodim
Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim tasarrufidagi 58-DMTT da 2021 yil
14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirni tashkilot mudirasi Z.Qobilova ochib, bolajonlarga bu kun haqida va Vatan himoyachilari, ularning ishlari qanchalik masulyatli ekanligi haqida gapirib o’tdi.
Shundan so’ng bolajonlar bayramona bezatigan zalda musiqa sadolari kirib kelib, o’z joylarini egilladilar.
Tadbirni tayyorlagan guruh tarbiyachisi_______________ bolajonlarni davraga taklif qildi. Tarbiyalanuvchilar tadbirga oid sherlar va qo’shiqlar aytib berdilar.
Tadbir davomida bolajonlar vatan himoyachilarga bag’ishlab sahna ko’rinishi qildilar.
Qizlar ijrosidagi raqslar bayramga yanada shukuh bag’ishladi.
Bayram tadbiri juda mazmunli tarzda o’tkazildi. Tadbir karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashkillandi. Tarbiyachilar o’z tashakkurlarini bildirdilar.

Mudira: Z.Qobilova


Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58-DMTT da 2021 yil 5 mart kuni o’tkazilgan “Jajji yuraklarda ona mehri” nomli guruhlarda o’tkazilgan bayram tadbiri Bayonnomasi.
5 mart 2021 yil Qo’qon shahar
Qatnashganlar:
Z.Qobilova – mudira
5 nafar pedagog hodim
Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti tasarrufidagi 58-DMTT da 2021 yil 5- mart kuni “ Jajji yuraklrda ona mehri” nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirni tashkilot mudirasi Z.Qobilova ochib, bolajonlarni kirib kelayotgan bayram bilan muborakbot etdi.
Musiqa zali bahorga va bayramga mos ravishta bezatilgan. Zal gullar va har xil bezaklar bilan bezatigan. Bayramga mos musiqa sadolari ostida bolajonlar musiqa zaliga kirib keldilar.
Bolajonlar bayramga atab yod olgan she’rlarni aytdiar. Qizaloqlar onalariga bag’ishlab sahna ko’rinishi ijro qildilar. Bolajonlar har xil kuy va qo’shiqlarga raqslar ijro qildi.
Tadbirni tayyorlagan guruh tarbiyachilari ____________________
bolajonlarni davraga taklif qildi va bolajonlar “Bu mening onam” qo’shig’ini ijro qildilar.
Bayram tadbiri juda mazmunli o’takazildi tadbirda qatnashgan pedagoglar o’z minnaddor bolib, o’z tashakkurlarini bildirdilar.

Mudira: Z.Qobilova

Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58-DMTT da 2021 yil 2 aprel kuni o’tkazilgan
“Assalom Navro’z” nomli
bayram tadbiri bayonnomasi.
2 aprel 2021 yil Qo’qon shahar
Qatnashganlar:
Z.Qobilova - mudira
5 nafar pedagog xodim.
Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58-DMTT da 2021 yil 5 aprel kuni “ Assalom Navro’z “ nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirni tashkilot mudirasi Z.Qobilova ochib bolajonlarni yangilanish va yosharish bayrami Navo’zu olam bilan tabrikaldi.
Shundan so’ng bolajonlar bayramona bezatilgan musiqa zaliga bayramga mos musiqa sadolari ostida kirib kelib, o’z joylarini egalladilar. Bayramni bolajonlar o’zlari yod olgan she’larini aytishdi.
Qizlar va bolalar har xil milliy raqslar ijro etdilar. Tarbiyachi va qizaloqlar milliy laparlardan aytishdi. Bog’cha jamoasi milliy urf odatlarga bag’ishlangan sahna ko’rinishi ijro qildilar.
Qizlar va bolar o’rtasida ijro qilingan “ Popuri” raqsi tadbirga yanada shukuh bag’ishladi.
Bayram tadbiri juda mazmunli tarzda o’tkazildi. Tadbir qatnashchilari ta’limiy jarayondan minnaddor bo’lib, tarbiyachilarga o’z tashakurlarini bildirdilar.

Mudira: Z.Qobilova


Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58-DMTT 28 dekabr kuni o’tkazilgan
“Yangi yil archasi mehmonda” nomli
guruhlarda o’tkazilgan bayrami tadbiri
Bayonnomasi.
28 dekabr 2021 yil Qo’qon shahar
Qatnashganlar:
Z.Qobilova – mudira
5 nafar pedagog hodim
Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58- DMTT da 2021yil 28-dekabr kuni “ yangi yil archasi mehmonda “ nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirni tashkilot mudirasi Z. Qobilova ochib, bolajonlarni kirib kelayotgan 2021 yil bilan samimiy tabrikladi.
“Senimi Shoshmay tur” multfilimidagi musiqa sadolari ostida zalga bo’ri Qorqiz kiyimida chiqdi va ular birgalikda “Archa” qo’shig’ini aytib o’yinga tushdilar. Tadbirni tayyorlagan guruh tarbiyachilari_________________________________________
bolajonlarni davraga taklif qildi. Bolajonlar Qorboboga yodalgan she’r va qo’shiqlarini aytib berdilar. Ertak qahramonlari timsolidagi quyon, tulki, Yalmog’iz kampir, ayiqpolvon kabi ertak qahramonlari bolajonlar kayfiyatini ko’tarib , bayramga yanada shukuh bag’ishladi.
Bayram tadbiri juda mazmunli o’tkazildi tadbir qatnashchilari bolalarni quvonchini ko’rib, minnador bo’lib, tarbiyachilarga o’z tashakkurlarini bildirdilar.
Tadbir karantin qoidalariga mos ravishda o’tkazildi.

Mudira: Z.Qobilova

Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58-DMTT 26 mart kuni o’tkazilgan
“Do’stlashaylik” nomli
guruhlarda o’tkazilgan bayrami tadbiri
Bayonnomasi.
26 mart 2021 yil Qo’qon shahar
Qatnashganlar:
Z.Qobilova – mudira
5 nafar pedagog hodim

Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 58- DMTT da 2021yil 26-mart kuni “Do’stlashaylik “ nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirni tashkilot mudirasi Z. Qobilova ochib, bolajonlarga do’slik muqaddas rishta ekanligini aytib o’tdi.


Shundan so’ng bolajonlar bayramona bezatilgan musiqa zaliga bayramga mos musiqa sadolari ostida kirib kelib, o’z joylarini egalladilar. Bayramni bolajonlar o’zlari yod olgan she’larini aytishdi. Do’stlikga bag’ishlangan sahna ko’rinishi tadbirga yanada shukuh bag’ishladi.
Bayram tadbiri juda mazmunli o’tkazildi tadbir qatnashchilari bolalarni quvonchini ko’rib, minnador bo’lib, tarbiyachilarga o’z tashakkurlarini bildirdilar.
Tadbir karantin qoidalariga mos ravishda o’tkazildi.

Mudira: Z.Qobilo




Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling