Chizma geometriya fani xaqida umumiy tushunchalar
Download 258.35 Kb.
|
Chizma geometriya fani xaqida umumiy tushunchalar
Chizma geometriya fani xaqida umumiy tushunchalar. Chizma geometriya fazoviy geometriyaning maxsus bo`limi bo`lib, umumiy injenerlik fanlari qatoriga kiradi. Chizmalarni chizish, o`qish, chizmachilik asboblaridan foydalanish va qo`lda tasvirlar yasashni o`rgatadigan fan texnikaviy chizmachilik deyiladi. Chizma geometriya proektsiya qurishni o`rgatuvchi fandir. Chizma geometriyaning asosida uch o`lcham (X, Y, Z) bo`yicha proektsiyalash usuli bor. Chizma geometriya tasviriy san`at va texnikaning ko`pgina masalalarini o`z ichiga oladi. Chizma geometriya o`quv fani sifatida birinchi marta fransuz olimi Gaspar Monjning 1798 yilda nashr etilgan «Geometriy descriptive» degan asari natijasida vujudga keldi. Monj o`zining bu asarida fan va texnikaning taraqqiy qilishi natijasida dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proektsiyalar bo`yicha orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy sistemaga soldi hamda har taraflama ishlab chiqdi. Chizma geometriya fanining rivojlanishiga xissa qo’shgan olimlar. Chizma geometriya fani Monj zamonasidan boshlab, barcha mamlakatlardagi texnik maktablarda o`qitila boshlandi. Chizma geometriya Rossiyada 1810 yildan boshlab, endigina tashkil etilgan Peterburf yo`llar injenerlari korpusi institutida o`qitildi. Dastlabki vaqtda bu institutda Chizma geometriyadan Monjning shogirdlari Fabr va Pote dars berdilar. Darslar fransuz tilida olib borildi. 1814 yilda shu institutni bitirgan Yakov Aleksandrovich Sevastyanov (1796-1849) chizma geometriyadan repititor qilib tayinlandi. Sevastyanov 1818 yilda rus tilida mustaqil leksiya o`qiy boshladi va 1821 yilda bu fandan rus tilida «Chizma geometriya darslari asoslari» degan birinchi original darslik nashir ettirdi. Rossiyada chizma geometriya o`qitish metodlarining rivojlanishiga professorlardan Nikolay Ivanovich Makarov (1824-1904) va Valerian Ivanovich Kurdyumov (1853-1904)ning ilmiy pedagogik faoliyatlari katta ta`sir qildi. Chizma geometriyainig nazariy asoslarini o`sishi Evgraf Stepanovich Fedorov(1853-1919), Nikolay Aleksуevich Rening(1877-1942), Nil Aleksandrovich Vlagolov (1888-1945), Aleksandr Ivanovich Dobriyaruxin (1895-1947), Nikolay Fedorovich Chetveruxin(1891-1974) va boshqalarning asarlarida aks ettirildi. «Chizma geometriya «faniga o`zbek olimlaridan Yu. Qirg`izboуev, R. Xorunov, Sh. Murodov, Sobitovlar katta hissa qo`shgan. Chizma geometriya fanida ishlatiladiga asbob - uskuna va materiallar. Download 258.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling