Chizmachilikning umum ta’lim maktablarida o’quv fani sifatida
Chizmachilik fanini turdosh fanlar bilan bog`liqligi
Download 1.32 Mb.
|
CHizmachilik fanini boshqa turdosh fanlar bilan bog`liqligi.
2.2. Chizmachilik fanini turdosh fanlar bilan bog`liqligi
Siklik egri chiziqlar. d diametrli aylana qo’zg’almas to’g’ri chiziq bo’yicha surilmasdan xarakatlansa (yumalatsa), u holda bu aylananing A nuqtasi bir marta aylanib chiqqandan so’ng ochiq va ravon egri chiziq-sikloida hosil bo’ladi. Chizmani bajarish ketma ketligi. Format qog’ozga gorizontal to’g’ri chiziq chizib, chap tomondan diometri d teng bo’lgan aylanani O1 markazdan chizamiz. Aylanamizni teng 12 bo’lakka bo’lamiz, 12, 1-11, 2-10, 3-9, 4-8, 5-7 va 6 lardan garizontal chiziqlar chiqaramiz (7-chizma). 12 nuqtadan π·d formula orqali chiqqan natijani qo’yib teng 12 bo’lakka bo’lamiz (8-chizma). Aylana markazidan chiqqan gorizontal chiziqda O1, O2, O3, O4, O5, O6, O7, O8, O9, O10, O11, O12, markazlarni topib olamiz va 𝑑 =R bo’yicha 2 yoylar chizib I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII nuqtalarni topib lekaloda birlashtramiz (9-chizma).
Qizil rangdagi siklik egri chiziqni rasm ustiga olib kelsak to’gri keladi. Talabalarga dars o’tish jarayonida bir fanni ikkinchi fanga yoki fanni tabiatga bog’lab o’tsak fanni o’rganish darajasi oshadi, qiziqish kuchayadi, tabiatga mexri uyg’onadi, bu esa tabiatni asrashimizga yordam beradi. Ta’lim jarayonida uzviylikni bog’lanishi orqali o’quvchilarni barcha fanlardan ma’lum bir bilim ko’nikma olishlari ta’minlanadi. Bu esa kelajak avlodni yetuk kadr bo’lishiga o’zining munosib hissasini qo’shadi. Insonlar yillar davomida chizmachilik va chizmageometriya fanlarini o’rganish ortidan qancha qancha shaharlar, qurilish zonalari, tashkilotlar va shunga o’xshash yangiliklarni yaratib kelmoqda. Agar fanlarning o’zaro uzviyligini va uzliksizligini ta’minlay olsak bundada ko’proq yutuqlarga erishishimiz mumkin. Xulosa Mamlakatimizda ulkan texnika o`zgarishlari amalga oshirilmoqda. Biz texnika takomillashtirishlari va yangiliklari guvohi bo`lmoqdamiz. Chizmachilik endilikda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo`lmoqda, chunki biz texnikani egallashga to`la kirishdik, zamonaviy texnika vositalaridan faqatgina shaharda emas, balki qishloqlarda ham keng foydalanmoqda. Chizmachilikni o`qitishdagi vazifa faqat o`quvchilarda chizma asboblaridan to`g`ri va unumli foydalanish va chizmachilik texnikasining geometrik asoslarini egallash bo`lmay, balki uncha murakkab bo`lmagan model shakllaridagi chizmalarni o`qish va chizishga o`rgatishdan iboratdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizmaga g`oyat katta talablar qo`yilmoqda. Texnikani chizmasiz tasavvur qilish xuddi tovushsiz musiqa yoki so`zsiz adabiyot singari ma’nosizdir. Umuman chizmalarni va xususan ishchi chizmalarni o`qishni o`rgatish o`qituvchi tomonidan hartomonlama qiziqtirila borilishi zarur. O`quvchilar tekislikda fazoviy figuralarni tasvirlash tushunchasi va malakasini egallab, bubilim va malakalarini ongli ravishda boshqa fanlarni egallashda tadbiq etadilar. O`quvchilarni chizma va eskizlarni o`qish va chizishga ko`p e’tibor berib, o`quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan birga fazoviy fikrlashni ham faollashtirish zarurligini esdan chiqarmaslik kerak, chunki fazoviy fikrlashni o`rganmay turib, amaliy ishlarni ongli ravishda bajarish mumkin emas. O`quvchilar tomonidan tekislikda fazoviy figuralarning shartli tasvirlashlarining asosiy usullarini puxta egallashni yaxshi tushunish imkoniyatini yaratadi, zero chizmachilik xalqaro texnika tili, deb nomlanadi. Chizmachilik, texnika tili bo`la turib, o`quvchilarning hozirgi zamon ishlabchiqarishining asosiy qonuniyatlarini tushunishda juda katta ahamiyatga ega. Maktabda chizmachilikni o`rganishning asosiy vazifalaridan biri, o`quvchilarda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishdir, usiz fazoviy shakllarni fikran tasavvur qilish bilan bog`liq bo`lgan,hatto eng oddiy model chizmalarini erkin o`qish va chizish ancha murakkab bo`ladi. Shuningdek, chizmalarning fazoviy holatini tasavvur qilishning yetarli darajada rivojlangan qobiliyatning yo`qligi, o`quvchilarni o`qitish yo`lida katta to`siq bo`ladi. Chizmachilik fanini o`rganish bilan bog`liq holda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish deb ataluvchi masala quyidagi mazmunga ega bo`lishi mumkin:O`quvchilarga biror jismning chizmasini yasashga doir va birorta predmetning berilgan chizmasini o`qishga doir o`quv topshirig`ini bajarishda ularga tanish bo`lgan geometrik jismlarning yoki real buyumlarning geometrik shaklini yoki model buyumlarning geometrik shaklini fikran yanada aniq tasavvur qila bilish qobiliyatlarini rivojlantirish;Chizmachilikdan topshiriqlarni bajarish jarayonida fazoviy tasavvur larning to`plangan fikrlari asosida yangi fazoviy tasvirlarni – tasavvur qilish orqali xayolan yaratish bilan uzviy bog`liqdir. Yaqqol ko`rinib turibdiki, yetarli rivojlanmagan fazoviy tasavvurlarsiz o`quvchilarning chizmachilik fanini o`rganish murakkab lashadi. Chizma standartlari bilan tanishtirishda o‘quvchilarga standartlashtirish tarixi, rivojlanishi va turmushda qollanilishiga aloqador qiziqarli va ishonchli misóllar keltirilib o‘tilishi kerak. Materialni bayon qilishni «standart» so ‘zining ma’nosi - norma, namuna so‘zlarin tushuntirishdan boshlanadi. Standartlashtirish — bir xil vazifani bajarish uchun moljallangan har xil mahsulotlarni kam sonli namunalar ko‘rinishiga keltirish demak. Standartlashtirish prinsiplari mahsulot namunalari va uning qismlari qayerda ishlatilishidan qat'iy nazar bir xil xossalarga ega bo‘lib, o‘zaro almashtirilishiga imkon berishini talab qiladi. Aks holda buyumlaming îshdan chiqqan qismlarini almashtirish, ta'mirlash mumkin bolmay qolar edi. Oldingi. eskirgan mahsulotlar o'rniga yangidan taklif qilinadigan va loyihalanadigan mahsulotlarni «hayotga yollanma olishi uchun» maxsus hujjatlar - standartlar ishlab chiqilgan. Standartlarda mahsulotga qo‘yiladigan barcha talablar bayon qilinadi. Sanoat va xalq xo‘jaligi turli sohalarining mahsulotlari, o‘lchov birliklari, atama va belgilashlar, ishlab chiqarish jarayonlari, sinov va o'lchov metodlari kabilar standartlashtirish obyektlari hisoblanadi. Standart hamma uchun majburiy bo'lib, unga qattiq amal qilinishi shart. Shuning uchun ham u qonun kuchiga ega hujjat sifatida chiqariladi. Masalan: KHYT (konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi)ning asosiy vazifasi konstruktorlik hujjatlari (chizmalar)ni taxt qilish, muomalaga kiritishning yagona qoidalarini belgilashdan iborat. Standartlar bo‘yicha tayyorlangan dastlabki mashinasozlik detallar bolt va gaykalar bolgan. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling