Cho`kindi hosil bo`lish sharoitlari reja
Download 52.52 Kb.
|
Dengizda cho’kindi hosil bo’lish sharoiti va hududlari
Cho’kindi to’g’ jinilari
Cho'kindi jinslarga awal hosil bo'lgan tog' jinslarining yer yuzasida quyi harorat va past bosim natijasida yemirilishidan hosil bo'lgan jinslar kiradi. Shuningdek, vulqonning qattiq mahsulotlaridan hosil bo'lgan piroklast jinslar (vulqon ko'llari, toshlari, bombalari) cho'kindilarning alohida guruhini tashkil qiladi. Ular litosferaning ustki qismida okean, dengiz, ko‘1, daryo, botqoqlik tublarida va chuqurlikda turli minerallarning ekzogen sharoitda to'planishidan hosil bo'ladi. Cho'kindi tog' jinslarining tarkibi ilgari hosil bo'lgan mineral va magmatik, cho'kindi, metamorflashgan tog' jinslarining yemirilishidan hosil bo'lgan mineral va jins bo'laklaridan, organik moddalaming (hayvon Va o'simlik) qoldiqlaridan va kimyoviy yo‘ 1 bilan hosil bo'lgan moddalarning to'planishidan hosil bo'lgan cho'kindilardan iborat. Cho'kindi jinslaming umumiy ta’rifmi M.S. Shvedov quyida- gicha keltiradi: «Cho'kindi jinslar oxganizmlaming hayot faoliyati- dan hosil bo'ladigan va havo hamda suvdagi har qanday materiallar muhitidan cho'kib tushadigan, shunda ham hamisha Yer yuzasidagi bosim va harorat ta’sirida vujudga keladigan jinslardir. Cho'kindi tog' jinslari magmatik jinslarga qaraganda litosfera ning oz qismini, ya’ni atigi 5% tashkil qilsada, Yer yuzasining 75% maydonini qoplab yotibdi. Muhim omillardan biri nurash jarayonidir. Cho'kindilarni hosil bo‘lishi juda uzoq vaqt davom etadi. Awal cho'kish materiallari hosil bo‘ladi. Ilgari paydo bo‘lgan tog‘ jinslari havo, suv va muzlarning ta’sirida, haroratning o‘zgarishidan va oiganizmlarning hayot jarayoni natijasida yemiriladi. Qattiq jinslar mayda bo'laklarga parchalanib ketadilar. Qolganlari esa eriydi. Bulaming hammasi cho'kish materiallari dir. Qisman ular o'z o‘rinlarida qoladilar, kattagina qismi esa suv, shamol, muz, og‘irlik kuchi ta’sirida olib ketiladi. Ularni olib ketish kuchi, ya’ni tezligi kamayishi yoki yo‘qolishi natijasida yemirilgan jinslar ushlanib qoladi. Shunday qilib suvga to'yingan cho'kindi hosil bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan suvasta-sekin cho'kjudidan yo‘qoladi, cho'kindi- ning tuzilishi va mineral tarkibi o'Xgarib, buning oqibatida tog' jinsi hosil bo'ladi. Demak, cho'kindi jinslar qadimda paydo bo'lgan jinslarning tabiiy va kimyoviy nurashidan hosil bo'lgan mahsuiotdir. Cho'kindi tog'jinslari faqatgina quruqliknigina emas, balki okean va dengiz tubini ham qoplab yotibdi. Cho'kindi jinslami hosil bo'lish sharoiti va uning to'planishiga yordam beradigan omillarga qarab quyidagi genetik guruhlarga ajratish mumkin: a) o'z o'rnida qolgan qoldiq; b) ko'chkilar yotqiziqlar; d) erigan modda ko'rinishida; e) siniq qattiq bo'laklar ko'rinishida; Organizmlar hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan yotqiziqlar. Xilma xil kimyoviy reaksiyalar yo'li bilan hosil bo'lganlar (orgonogen jinslar), (suspenziya, kolloid va asl eritmalar). Ajratilgan guruhlar eng so'nggi tur bo'lib, turlicha oraliq vositalar bilan o'zaro bog'liqdir. Download 52.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling