Cho’kish — belgilari, birinchi yordam ko’rsatish, cho’kayotgan odamni qutqarish texnikasi


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1836470
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CHOkayotgan odamga yordam berish (2)

CHO’KISH TURLARI 
1. 
Chin (haqiqiy)
. Shuningdek nam cho’kish deb ataladi, o’lim o’pkalarga 
suv kirishi natijasida sodir bo’ladi. Havo o’rniga alveolalarda suv to’lishi 
natijasida qon tomirlar yoriladi va qonga suv kiradi. Bu uch bosqichda 
kechadi: 
1. 
Dastlabki
. Bunda odam hushida, harakatlanishga, suv ostida nafasini 
ushlab turishga va uni yutib yubormaslikka harakat qilishga qodir 
bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatilgach va o’pkadan suv yo’tal bilan, 
oshqozondan esa qayt qilish orqali chiqib ketganidan so’ng hech 
qanday asoratlar qolmaydi. 
2. 
Agonal
. Ushbu bosqichda cho’kayotgan odam hushini yo’qotadi. 
Garchi uning harakatlari saqlanib qolsada, ammo ular ixtiyoriy 
bo’lmaydi, suv o’pkaga nazoratsiz ravishda kiradi, yurak urishi va nafas 
olish mavjud, ammo zaifdir. Birinchi yordam berilmasa va o’pkadan 
suv chiqarib tashlanmasa, jabrlanuvchi holati juda tez uchinchi 
bosqichga o’tadi. 


3. 
Klinik o’lim
. Nafas olish va puls to’xtaydi, ko’z qorachig’lari 
yorug’likka reaktsiya qilmaydi. Jabrlanuvchiga faqat dastlabki 
daqiqalarda yordam berish mumkin. 
2. 
Soxta, ikkinchi nomi asfiksik cho’kish
. Ushbu turdagi cho’kishda ham 
o’lim o’pkaga suv tushishi sababli sodir bo’ladi, ammo bu safar bu spazm 
tomonidan chaqiriladi. Tomoq teshigi qisiladi va suvning o’pkaga kirishiga 
to’sqinlik qiladi, odam tezda hushini yo’qotadi, so’ngra suv tubiga cho’ka 
boshlaydi va natijada suv nazoratsiz uning ichiga kiradi. Bu holat suvga 
keskin urilganda, qo’rquv, shok vaziyatlarda kuzatiladi. 
3. 
Sinkopal yoxud ko’k cho’kish
. O’lim yurak urishi to’xtashi hisobiga 
sodir bo’ladi, yurak to’xtashi esa — gipotermiya va ortiqcha kuch sarflash 
tufayli. Bunday cho’kish turli xaotik harakatlarga ko’p energiya 
sarflaydigan va panikaga tushib qoladigan tajribasiz suzuvchilarda 
ham, 
yurak yetishmovchiligi
 bo’lgan tajribali suzuvchilarda ham 
kuzatiladi. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling