Cho’kish — belgilari, birinchi yordam ko’rsatish, cho’kayotgan odamni qutqarish texnikasi


INSON CHO’KAYOTGANINI QANDAY BILISH


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1836470
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CHOkayotgan odamga yordam berish (2)

INSON CHO’KAYOTGANINI QANDAY BILISH 
MUMKIN? 
Albatta, hech qanday shovqin-suron ko’tarilmaydi — har bir nafas qultumi 
uchun kurashish kerak bo’lgan holatda ko’pchilik odamlar baqirishmaydi. 
Shuningdek qo’llarni silkitish va suv sachratish ham kuzatilmaydi. 
Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:
• 
Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti-vaqti 
bilan nafas olish uchun ko’tariladi. 
• 
Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir 
joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi 
nigohi «shishadek» bo’lib qoladi. 
• 
Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan 
nafas oladi. 
• 
Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida 
ko’pik bo’ladi. 
Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan 
titroqli nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib 
bo’lmaydi.


CHO’KAYOTGAN ODAMNI QUTQARISH VA 
SUVDAN CHIQARISH TEXNIKASI 
Eng avvalo cho’kayotgan kishini suvga tushmasdan qutqarish mumkinligini 
teran baholab ko’rish kerak. Yaqin atrofda uzunroq tayoq, qutqaruv balloni yoki 
havo solingan boshqa jism mavjudligiga nazar soling. Atrofdagilarni yordamga 
chaqiring — bunday holda qahramonlik qilish ketmaydi. 
Cho’kayotgan odamga yordam berishning eng katta qiyinchiligi shundaki, 
cho’kuvchi odam qutqaruvchiga reflektor ravishda tirmashib oladi va 
qutqaruvchi yetarlicha tajribaga ega bo’lmasa, cho’kuvchi ikkisini ham suv 
tubiga tortib ketishi mumkin. 
Bunday harakatlar ixtiyorsiz ravishda bo’ladi, shuning uchun siz bir necha 
oddiy qoidaga amal qilishingiz kerak:
Birinchidan, cho’kayotgan odamga yordam berish uchun uning orqa tomonidan 
suzib kelish kerak, ya’ni u qutqaruvchini ko’rmasligi lozim. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling