Cho’kish — belgilari, birinchi yordam ko’rsatish, cho’kayotgan odamni qutqarish texnikasi


Agar siz vahimaga tushib bo’lgan bo’lsangiz, quyidagilarni bajaring


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1836470
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CHOkayotgan odamga yordam berish (2)

Agar siz vahimaga tushib bo’lgan bo’lsangiz, quyidagilarni bajaring:
• 
Qo’llarni yuqoriga ko’tarmang, ular bilan suvga urmang. Ularni suv ostida 
harakatlantiring: bu holda boshni suv sathidan yuqorida saqlab qolish 
osonroq bo’ladi; 
• 
Oyoqlaringiz bilan ko’chada yurayotgandek kabi harakatlar qiling
• 
Imkon bo’lishi bilanoq chuqur nafas oling. Tana shu zahotiyoq yengilroq 
bo’ladi. Albatta hotirjamlikni saqlashga harakat qiling. 
SUVGA TUSHAYOTGANDA NIMALARNI YODDA 
TUTISH MUHIM 
1.
Hech qachon mast holda suvga tushmang. Ayniqsa dam solingan matraslar va 
aylanalarda yotgan holda. 
2.
Kunning eng issiq vaqtlarida (12:00-16:00) suvda quyosh urishi sababli 
hushdan ketish mumkin. Bunda tavakkal qilmagan yaxshi. 
3.
Yakka o’zingiz cho’milmang, ayniqsa begona suv havzalarida. Doimo 
yaqiningizda sizni kuzatib turadigan va kerak bo’lganda yordam bera oladigan 
inson bo’lsin. 
4.
Agar uzoq suzib ketgan va charchagan bo’lsangiz, dam oling. Chalqancha 
bo’ling, bo’shashing, «yulduzcha» shaklida dam oling. Nafasni rostlab olgach, 
asta-sekin sohilga qarab suza boshlang. 
5.
Agar sizni oqim olib ketayotgan bo’lsa, qarshilik ko’rsatmang: u zaiflashishini 
kuting va asta-sekin sohil tomon harakatlaning. 
Qayta oqimlar juda xavfli sanaladi. Ular sohilbo’yida hosil bo’ladi va to’g’ridan-
to’g’ri ochiq daryo yoki ummonga olib chiqadi. Bunday oqimlar sohildan bir 
necha yuz metr uzoqlikkacha olib ketib qolishi mumkin. Bunday hollarda eng 
yaxshi yondashuv — oqimga qarshi emas, sohilga parallel ravishda suzishdir. 
Odatda qayta oqimlar unchalik keng bo’lmaydi (bir necha metr), shu sababli 
ulardan chiqib olish qiyin emas. 
6.
Agar tomir tortishib qolsa, tezda qaror qabul qiling: 
• 
Son tortishishlarida oyoqni tizzadan bukib, tovon dumbaga olib kelinsa, u 
tezda o’tib ketadi; 
• 
Qorin mushaklari oyoqlarni qoringa tortib olsa tez bo’shashadi; 


• 
Kichik boldir mushaklari tortishishida oldinga harakat qilish yordam 
beradi: oyoqni suvdan chiqarib, tovonni qo’l bilan o’zingizga torting; 
• 
Bilak tortishishida qo’l kaftini bir necha marotaba keskin ochib-yopish 
yordam beradi. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling