Chop etish uchun versiya


Download 16.63 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.63 Kb.
#256520
Bog'liq
Glossariy


Glossariy

Chop etish uchun versiya
Jete (Jeta) - Temuriylar davri yozma manbalarida Mo‘g‘uliston ham shu nom bilan atalgan, ya'ni ikkala nom bir-biriga sinonim tarzda qo‘llanilavergan. 

Dashti qipchoq - hozirgi Qozog‘istonning o‘rta va g‘arbiy qismiga to‘g‘ri kelgan, to Volga daryosigacha; boshqacha atalishlari: Dashti Qipchoq va Jo‘chi ulusi; Dashti Qipchoq va O‘zbek mamlakatlari. 

Konigil - mavze, Samarqand shahridan sharqda. (Yalanglik) 

Kesh suvi – Qashqadaryo

Nautak shahri - Qashqadaryo. 

Kiropol (Kurushkat) - O‘ratepada (hozirgi Tojikistonda) 

Tanais - Sirdaryoning nomi. 

Aleksandriya Esxata - Sirdaryo sohilida 17 kunda kurib bitkazilgan qal'a, yani olisdagi Iskandariya shhxri bo‘lib, Xo‘jand bilan Bekobod oralig‘i (taxminan Farhod GESi)da joylashgan edi.

 Marg‘iyona Aleksandriya - Murg‘ob vodiysida barpo etilgan shahar. 

Davan, Parkana - Farg‘ona. 

Ansi - Parfiya.

Kushon qishlog‘i va Kosonsoyda Koson shahri - hozirgi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani xududida yuechjilar tomonidan barpo qilingan. 

Baqtriyaning Afg‘oniston hududidagi shaharlari - Begram, Baktra, Oyxonum, Dalvarzin, Tojikiston hududiga qarashli Qobadshoh, Qayqobod, Ko‘hna Qal'a, O‘zbekiston xududidagi Dalvarzintepa, Dunyotepa, Hayitobodtepa, Jondav-lattepa. 

Termiz - Baktriyaning Demetriy davrida Amudaryo sohidida qurilgan harbiy kal'asi. 

So‘g‘diyonaning qadimgi shaharlari - yerko‘rg‘on, Afrosiyob, Buxoro, Tali Barzu, Marg‘iyonada Govurqal'a. 

Qanka (Qang‘diz) - Qang‘ davlatning markazi bo‘lib, u Toshkent vohasida Sirdaryoga yaqin yerda joylashgan. 

O‘tror (Tarband) - Qang‘ davlati hokonlarining yozgi qarorgohi. 

Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shaxar - Koson-Farg‘ona vodiysida, Kattako‘rg‘on - Zarafshon vohasida, Kesh - Qashqadaryo viloyatida.

Katta Xorazm — Amudaryoning kuyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg‘ab vohasi va Parfiya xududlari. 

Baqtriya — hozirgi Surxondaryo, Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari va Shimoliy Afg‘oniston xududlari. 

So‘g‘diyona— Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi xududlari bo‘lib, hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida shakllangan. 

Marokanda - Samarqand, Afrosiyob o‘rnida joylashgan. 

Afrosiyob - O‘rta Zarafshon vohasidagi eng yirik va dastlabki ochilgan ko‘hka shahar. Yorko‘rg‘on - Kashqadaryo vohasi (Janubiy So‘g‘d)dagi shahar

Tarixiy geografiya - mamlakatlar tarixidagi geografik tomonlarning tarixiy jarayonlarini o‘rganadi. 

Tarixiy geografiyaning asosiy tarkibiy qismlari - aholini joylashishi tarixiy geografiyasi, xo‘jaligining tarixiy geografiyasi, tarixiy-siyosiy geografiyasi, tarixiy iqtisodiy geografiyasi

Talan – soliq miqdori. Bir talan 34 kg ga teng bo‘lgan.

Chaqmoqli- Neolit davri yodgorligi bo‘lib, Ashgabatdan 40 kmlar shimoli-g‘arbda joylashgan, «Chakmoqli» - deb atashining boisi, turkman cho‘ponlari bu joydan chaqmoktosh terishar ekan. 

Sopollitepa, Jarqo‘ton - Surxondaryo hududida joylashagan. 

Tozabog‘yob - Xorazm xududida joylashgan. 

Achiqko‘l, Yangier tumani, Burg‘uluq - Toshkent hududida joylashagan. 

Buvana mozor - Namangan xududida joylashgan. 

Dalvarzin tepa - Andijon xududida joylashgan. 



yerqo‘rg‘on - Qashkadaryo xududida joylashgan
Download 16.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling