Chor rossiyasi tomonidan Orta Osiyoning istilo qilinishi
Download 190.88 Kb.
|
tarix
Chor rossiyasi tomonidan Orta Osiyoning istilo qilinishi General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870-yilda amalga oshirgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873-yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib, Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873-yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876-yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881-yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884-yilda Marv taslim boʻldi. 1885-yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1893-95-yillarda ruslar janubi-sharqdagi baland Pomir togʻlarini egallab oldilar.1895-yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi Download 190.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling