Chordata tipining umumiy tavsifi va tasnifi


Download 26.32 Kb.
bet3/5
Sana15.03.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1268915
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-1-Ma`ruza

Uchinchi savol bayoni:
Umurtqalilar zoologiyasi oliy mutaxassislik ta’limi bakalavriat bosqichi B-140400 – biologiya yo’nalishi II kurs talabalariga o’qitiladigan zoologiya fanining yakunlovchi bo’limi hisoblanadi. Sistematik jihatdan umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansa ham umurtqalilar zoologiyasi kursida bu tipga mansub barcha hayvonlar o’rganiladi.
Xordalilar-tayanch o’q skeleti (xordasi) tanasining orqa tomoni bo’ylab joylashgan hayvonlardir. Xordalilarning turlari soni umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha kam bo’lsada gavdasining ancha yirik bo’lishi, individlarning murakkab va xilma-xil tuzilganligi, fiziologik va ekologik xususiyatlarining turli tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi.
Xordalilar-ikkilamchi tana bo’shliqli, ikki tomonlama simmetriyali va ikkilamchi og’izli hayvonlar. Tanasining bo’g’imlarga bo’linganligi faqat embrional rivojlanishining dastlabki davrlarida yaxshi ko’zga tashlanadi. Voyaga yetgan davrida esa tana bo’g’imlari faqat birlamchi suvda yashovchi hayvonlarda saqlanib qolgan. Xordalilarning qon aylanish sistemasi yopiq, ayirish organlari metanefridiy tipida bo’lib, jinsiy bezlari (selom) tana bo’shlig‘ida rivojlanadi.
Xordalilar tipiga mansub bo’lgan hayvonlar uchun xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. O’q skeleti torga o’xshash tana bo’ylab tarang tortilgan xordadan iborat. Xorda orqa tomonidan tanasining bir uchidan ikkinchi uchiga cho’zilgan. Tuban xordalilarda xorda umr bo’yi saqlanib qoladi. Oliy xordalilarda xorda faqat embrional rivojlanish davrida bo’ladi, keyinchalik umurtqa pog’onasi bilan almashinadi. Xordani o’rab turadigan biriktiruvchi to’qimadan esa umurtqalar hosil bo’ladi.
2. Markaziy nerv sistemasi xordaning ustida tana bo’ylab joylashgan. Nerv nayi ichida ingichka teshik – nevrotsel bo’ladi. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismida murakkab o’zgarishlar va yo’g’onlashuv tufayli bosh miya shakllanadi. Nayning qolgan qismlari orqa miyani hosil qiladi.
3. Halqum devorining ikki yonida jabra yoriqlari bo’ladi. Bu yoriqlar birlamchi suv hayvonlarida hayoti davomida saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o’tgan xordalilarda jabra yoriqlari hayvonlarning embrional rivojlanish davrida bo’ladi.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling