TAQDIMOTI - IQTISOD VA SERVIS UNIVERSITETI
- AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYA YO’NALISHI
- 1-BOSQICH 12/22- GURUH TALABASI
CHORSHANBIYEV BAHRIDDINNING - TAYYORLAGAN
- MATLAB ILOVASIDA DASTURLARNI QO'LLASH
- MATLAB tizimi - kompyuterda turli yo`nalishdagi: matematika, fizika, mexanika, boshqaruv va muhandislik masalalarini yechish, turli xil energetik, mexanik va dinamik tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tez va samarali hal etish uchun mo`ljallangan tizim va turli xil sohali foydalanuvchilarga mo`ljallangan dasturlash tilidir. MATLAB dasturlash tili sifatida 1970 - yillarning oxirida Kliv Mouler (Cleve Mouler) tomonidan yaratilgan. MATLAB atamasi inglizcha Matrix Laboratory so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, matritsa Tajribasi degan ma`noni anglatadi [1]. MATLABda matematik hisoblashlar, modellash algoritmlarini yaratish, ma`lumotlarni tahlil, tadqiq qilish hamda vizuallashtirish, ilmiy va injinerlik grafikasi va ilovalarni loyihalash va boshqalarda foydalanish mumkin.
- MATLAB yordamida aniq masalalarni yechish boshqa skalyar dasturlash tillaridagiga (masalan, C++) nisbatan bir necha marta tez bajariladi. MATLABning boshqa dasturlash tillaridan farq qiluvchi xususiyati shuki, u o`z ishida ma`lumotlarni matritsalar shaklida tashkil etish usulidan foydalaniladi. MATLAB tarkibiga buyruqlar interpretatori, grafik qobiq, tahrirlagich, buyruqlar kutubxonasi, kompilyator, analitik hisoblashlarni o‘tkazish uchun Maple paketining simvol yadrosi, C/C++ dagi MATLAB matematik kutubxonasi, hisobotlar generatori, instrumentlarga boy panel (Toolboxes) kiradi. MATLAB interfeysi zamonaviy qoidalarga to‘la javob beradi.
. U ko‘p oynali va turli tizim komponentlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish xuquqiga ega Instrumentlar qatori (paneli)dagi quyidagi tugmalarga e’tiborni qaratamiz: - NewM-file - yangi M-fayl yaratish(); OpenFile - matlab fayllarini yuklash(saklash) uchun oyna ochish; Simulink - Simulink kutubxona brauzeri oynasini ochish; Help - Ma’lumotlar oynasini ochish. • The Command Window • The Command History • The Workspace • The Current Directory • The Help Browser • The Start button[A-6, 2 bet]
- Bu funksiyalar Matlab tizimining juda oddiy menyusini aks ettiradi. Tizim oynasining chap tomonida History sessiyasi tarixiga va Current Directory mavjud.Direktor ilovasi va tizim komponentlariga kirish uchun LaunchPad\Workspace ilovali oyna mavjud.Ular tizimning holati uchun tezkor(operativ) nazoratni ta’minlaydi. Ekranga chiqarilgan matlab interfeys oynasi menyuning View punkti orqali o‘chirilishi yoki yoqilishi mumkin. Butun ish dasturni ishga tushirishda hosil bo‘lgan buyruqlar oynasi (CommandWindow) orqali tashkil 1 MATLAB help files. Mathworks Inc, 2011; etiladi. Ish jarayonida berilganlar xotirada(Workspace) matritsa ko‘rinishida joylashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |