Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va ularni eksport qilish holati
Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning hozirgi holati va dinamikasi
Download 325.61 Kb.
|
agrosanoat mustaqil ish
Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning hozirgi holati va dinamikasi
Qoramolchilik bo’yicha 532 ta kichik qoramolchilik xo‘jaliklari tashkil etildi va ularda 14 ming 64 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Buning uchun jami 84 mlrd. 794 mln. so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi. Qoramolchilikni rivojlantirishda naslchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda xorijiy davlatlardan jami 31 bosh naslli qoramollar olib kelinib, ularning umumiy soni 36 ming 621 boshni tashkil etadi. Bugungacha chetdan keltirilgan naslli mollardan 104,2 ming boshdan ortiq naslli buzoqlar olindi va ularning umumiy soni 148,8 ming boshga yetkazildi.
Joriy yilning birinchi choragida Chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida barcha toifa xo`jaliklar tomonidan 6,7 ming gektar asosiy maydonlarga bahorgi beda, 915 gektarga silos uchun makkajo‘xori va 1644 gektar maydonga xashaki lavlagi ekilishi ta’minlandi. Shundan, Chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar tomonidan 5,9 ming gektar yangi beda, 647 gektar silos uchun makkajo‘xori va 1,3 ming gektar xashaki lavlagi ekildi. Bundan tashqari qoramolchilikka ixtisoslashgan naslchilik fermer xo‘jaliklariga 53 dona zamonaviy sut sog‘ish uskunasi o‘rnatildi.
Download 325.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling