Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, mamlakatimiz aholisini sut, go‘sht, tuxum va boshqa hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta’minlaydi
Download 15.47 Kb.
|
kirish
KIRISH. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, mamlakatimiz aholisini sut, go‘sht, tuxum va boshqa hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan muhim chora-tadbirlar belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining «Veterinariya to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Naslchilikni rivojlantirish to‘g‘risida» va boshka bir qator Qonunlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qabul qilingan qonunlar natijasida respublikamizda 2001 yilga kelib qoramol barcha toifadagi xo‘jaliklarda 5334,4 ming boshga, ya’ni 2000 yilga nisbatan 52,6 ming boshga ko‘paydi, shu jumladan, fermer xo‘jaliklaridagi qoramol bosh soni 10 foizga oshdi. Sigirlar barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2310 ming boshni yoki umumiy podaning 40 foizini tashkil etadi. Qo‘y-echkilar barcha turdagi xo‘jaliklarda 8932,6 ming boshni tashkil etdi. Fermer xo‘jaliklarida qo‘y-echkilar 2000 yilga nisbatan 13 foizga ko‘paydi. Boshqa xo‘jalik turlariga qaraganda 2001 yilda fermer xo‘jaliklarida parranda, go‘sht, sut va tuxum yetishtirish unumi 2–3 foizga ortdi. Ushbu ko‘rsatgichlar mamlakatimizda fermerlik harakatining keng yoyilayotganligini ko‘rsatadi. Fermerlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular uzoq yillarga ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalangan holda chorva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishdi. Chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan 30 shartli bosh va undan ortiq chorva moli bo‘lgan fermer uchun tuman hokimligi karoriga asosan, yashayotgan hududiga qarab sug‘oriladigan yerlardan 0,3–0,45 va sug‘orilmaydigan erlardan 2 gektargacha har bir shartli bosh mol uchun yer ajratiladi. Hozirda turli kasb egalari fermerlik bilan shug‘ullanishmoqda. Ular o‘zlarining tirishqoqliklari, tinimsiz mehnat qilishlari va malakalarini oshirish ustidan ish olib borayotganliklari tufayli fermerlik harakatiga munosib hissa qo‘shishyapti. Yaqin kelajakda chorva mahsulotlari yetishtirishda eng rivojlangan agrotexnika, mavjud va yangi yaratiladigan mashina hamda jihozlardan unumli foydalana oladigan, jamiyatning iqtisodiy, huquqiy qonunlarini yaxshi biladigan ma’naviy yetuk mutaxassislar zarur bo‘ladi. Shu sababli fermerlik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida bug’ungi kunda kasb-hunar ta’limi yo‘nalishida chorvador-fermer, parrandachi-fermer va asalarichi-fermer mutaxassisliklari tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Mutaxassislar chorvachilikda nasddor podani Yuzaga kelishini shakllantira bilishi, chorva mahsulotlari yetishtirish texnologiyasini amaliyotda qo‘llay olishi, chorvachilik bino va inshootlari loyihalarini baholay olishlari, ularni joylarda tadbiq qilishlari, ozuqalarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan holda zootexnik talablar asosida tayyorlay olishlari, qo‘shimcha ozuqa manbalarini qayta ishlashni, foydalanishni bilishlari kerak. Chorvachilik mahsulotlaridan sutni mexanizatsiyalashgan holda sog‘ib olish, dastlabki ishlov berish va uy sharoitida sut mahsulotlarini qisman tayyorlay bilishlari zarur. Chorvachilik chiqindisi go‘ngni tozalash, qayta ishlash va saqlashni amaliyotda qo‘llay olishlari, qo‘y junini qirqish, ishlov berish jarayonlarini bilishi shart. Uquvchilar olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llab, o‘z malakalarini doimiy ravishda mustaqil rivojlantirib borishlari zarur. Download 15.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling