Chorvadorlik qo`shiqlari aholining chorvachilik bilan bog`liq turmush tarzi va mehnat jarayoni bilan bog`liq


Download 444 b.
Sana09.06.2018
Hajmi444 b.





Chorvadorlik qo`shiqlari aholining chorvachilik bilan bog`liq turmush tarzi va mehnat jarayoni bilan bog`liq. Ularning bizgacha saqlanib yetib kelgan namunalari asosan sog`im qo`shiqlaridan iborat, ya’ni bu qo`shiqlar uy hayvonlari: sigir, biya, tuya, echkilarni sog`ish jarayonida kuylanadi.

  • Chorvadorlik qo`shiqlari aholining chorvachilik bilan bog`liq turmush tarzi va mehnat jarayoni bilan bog`liq. Ularning bizgacha saqlanib yetib kelgan namunalari asosan sog`im qo`shiqlaridan iborat, ya’ni bu qo`shiqlar uy hayvonlari: sigir, biya, tuya, echkilarni sog`ish jarayonida kuylanadi.



Xususan, dehqonchilik qo`shiqlari ham o`z mavsumiga qarab turlicha bo`lgan. Chunonchi, yer haydash paytida “Qo`sh haydash” (Qo`shchi qo`shig`i) kuylangan bo`lsa, hosilni yi’gib olishda “Orim qo`shig`i” kuylangan. Xirmon yanchishda “Xo`p hayda” yoki “Mayda-mayda”qo`shig`i kuylangan.

  • Xususan, dehqonchilik qo`shiqlari ham o`z mavsumiga qarab turlicha bo`lgan. Chunonchi, yer haydash paytida “Qo`sh haydash” (Qo`shchi qo`shig`i) kuylangan bo`lsa, hosilni yi’gib olishda “Orim qo`shig`i” kuylangan. Xirmon yanchishda “Xo`p hayda” yoki “Mayda-mayda”qo`shig`i kuylangan.



Hunarmandchilik qo`shiqlari mehnat jarayoniga mansub bo`lib, asosan xotin-qizlar tomonidan ijro etiladi. Bu namunalar asosan gilam to`qish, do`ppi tikish, charxda ip yigirayotganda aytilgan. Chorvadorlik va dehqonchilik qo`shiqlariga nisbatan hunarmandchilik qo`shiqlari keng tarqalgan bo`lib, lirik qo`shiqlarga mansubdir.

  • Hunarmandchilik qo`shiqlari mehnat jarayoniga mansub bo`lib, asosan xotin-qizlar tomonidan ijro etiladi. Bu namunalar asosan gilam to`qish, do`ppi tikish, charxda ip yigirayotganda aytilgan. Chorvadorlik va dehqonchilik qo`shiqlariga nisbatan hunarmandchilik qo`shiqlari keng tarqalgan bo`lib, lirik qo`shiqlarga mansubdir.



Lapar ikki kishi (yoki tarafma-taraf bo`lgan ko`pchilik) tomonidan aytishuv tarzida kuylanadi. Bunda taraflar birin-ketin, navbatma-navbat “savol-javob” shakliga qurilgan she’riy to`rtliklarni kuylaydilar. Xalqimiz orasida mashhur bo`lgan “Bilaguzuk”, “Qoraqosh”, “Qilpillama” kabi laparlar shunday aytimlar jumlasiga kiradi. Bolalarning “Oq terakmi-ko`k terak” aytim o`yini ham lapar xususiyatiga ega.

  • Lapar ikki kishi (yoki tarafma-taraf bo`lgan ko`pchilik) tomonidan aytishuv tarzida kuylanadi. Bunda taraflar birin-ketin, navbatma-navbat “savol-javob” shakliga qurilgan she’riy to`rtliklarni kuylaydilar. Xalqimiz orasida mashhur bo`lgan “Bilaguzuk”, “Qoraqosh”, “Qilpillama” kabi laparlar shunday aytimlar jumlasiga kiradi. Bolalarning “Oq terakmi-ko`k terak” aytim o`yini ham lapar xususiyatiga ega.





Yalla ko`pgina xususiyatlari, jumladan, raqsbopligi, ijroda ko`pchilik ishtirok etishi bilan laparga yaqin janrdir. Ammo laparda tarafma-taraf aytishuv holati muhim bo`lgani holda, yallada she’r, kuy va raqsning mushtarakligi nisbatan barqarordir. Shuningdek, yallalar laparlardan farqli o`laroq, band-naqarot shaklida bo`ladi. Bunda yallachi (yakkaxon) raqs – o`yinga tushib bandlarni kuylasa, naqarotni – ko`pchilik birga aytadi. Yallalarda raqsbop doira usullari va turfa cholg`ulardan iborat ansambl jo`rligi qo`llaniladi.

  • Yalla ko`pgina xususiyatlari, jumladan, raqsbopligi, ijroda ko`pchilik ishtirok etishi bilan laparga yaqin janrdir. Ammo laparda tarafma-taraf aytishuv holati muhim bo`lgani holda, yallada she’r, kuy va raqsning mushtarakligi nisbatan barqarordir. Shuningdek, yallalar laparlardan farqli o`laroq, band-naqarot shaklida bo`ladi. Bunda yallachi (yakkaxon) raqs – o`yinga tushib bandlarni kuylasa, naqarotni – ko`pchilik birga aytadi. Yallalarda raqsbop doira usullari va turfa cholg`ulardan iborat ansambl jo`rligi qo`llaniladi.





Torli cholg`ularda tovush hosil etish vositalari turlicha. Jumladan, dutor va do`mbira sozlari chertib chalinadi. Tanbur torlari ko`rsatkich barmoqqa kiyiladigan maxsus moslama – “noxun” (ma’dandan yasaladi) vositasida chertiladi. Qonun sozi ham barmoqlarga kiyiladigan noxunlar vositasida chalinadi. Qashqar rubobi, afg`on rubobi, ud kabi cholg`ular mezrob (mediator) vositasida chalinadi.

  • Torli cholg`ularda tovush hosil etish vositalari turlicha. Jumladan, dutor va do`mbira sozlari chertib chalinadi. Tanbur torlari ko`rsatkich barmoqqa kiyiladigan maxsus moslama – “noxun” (ma’dandan yasaladi) vositasida chertiladi. Qonun sozi ham barmoqlarga kiyiladigan noxunlar vositasida chalinadi. Qashqar rubobi, afg`on rubobi, ud kabi cholg`ular mezrob (mediator) vositasida chalinadi.




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling