Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashda yuqorida qayd etilgan xususiyatlardan tashqari yuzasida erish temperaturasi 2050° S bo‘lgan A12O3 oksid parda bo‘lishi ayniqsa katta qiyinchilik tug‘diradi. CHunki payvandlashda har bir tomchi metall, yupqa oksid parda bilan uralib puxta chok hosil qilishga yul qo‘ymaydi.
SHu sababli A1 va uning kotishmasining payvandlanadigan joylarini payvandlashdan avval benzin yoki kaustik soda erilmasida, keyin suvda yuviladi. Metall vaniani oksid pardadan tozalash uchun flyus kukuni ishlatiladi. Bunday flyus tarkibida 50 % KCI, 28 % NaCI, 14 % LiCI va 8 % NaF bo‘ladi. Payvandlash simi tarkibi asosiy metall tarkibiga mos bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |