Chuchuk suv muammosi


Tobora rivojlanib borayotgan sun'iy aqlga ixtisoslashgan texnologiyalar Markaziy Osiyodagi suv muammosini bartaraf etishi mumkinmi?


Download 81.88 Kb.
bet4/4
Sana14.01.2023
Hajmi81.88 Kb.
#1093043
1   2   3   4
Bog'liq
Toza ichimlik suv muammosi

Tobora rivojlanib borayotgan sun'iy aqlga ixtisoslashgan texnologiyalar Markaziy Osiyodagi suv muammosini bartaraf etishi mumkinmi?
Sun'iy aql - bu suv sanoatining kelajagi. Hozirgi suv infratuzilmasini yanada mustahkam, ko‘proq foyda keltiradigan holatga keltirilishida SI (sun'iy intellekt) texnologiyalari juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Tahlilchilar sun'iy intellekt suvni tozalashga jamiyat hayotining boshqa sohalarida odatlanib qolgan xususiyatlarni olib kelishini ta'kidlamoqda. SIni qo‘llab-quvvatlaydigan onlayn platformalar iste'molchilarga suvni real vaqtda iste'mol qilishni ko‘rish, to‘lovlarni to‘lash va dinamik suv resurslari sharoitlari to‘g‘risida ma'lumot olish uchun o‘zgartirilgan, jozibali va ochiq usulni taklif qilishi mumkin.
So‘nggi yillarda suvsiz mamlakatlar o‘zlarining qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirmoqda, suvdan oqilona foydalanish yo‘llarini qidirishmoqda. Masalan, Isroil bu borada eng yaxshi namunalardan biri va Yaqin Sharq mamlakatlarining eng qurg‘oqchil davlatidir. Isroilda suvni boshqarish bo‘yicha xususiy kompaniya mavjud. Xususan, yuqori texnologiyalarga asoslangan Mekorot kompaniyasi Isroilning 90 foiz ichimlik suvini yetkazib beradi va taxminan 80 foiz suv ta'minotini boshqaradi. Uning shu'ba korxonasi EMS Mekorot Projecs suv ishlarini rejalashtirish, o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, oqova suvlarni tozalash, sho‘rsizlantirish, yomg‘irni yaxshilash va boshqa masalalarda yechimlarni taqdim etadi. Mekorot’ning ikkinchi shu'ba korxonasi Mekorot Development and Enterprise loyihalash, texnik-iqtisodiy asoslar, loyihalarni boshqarish va tozalash inshootlarini qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Suv tanqisligi yuqori va yaqin kelajakda hayot-mamot darajasiga ko‘tarilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyoning biror davlatida suv xo‘jaligi kompaniyalari mavjudmi yoki bu borada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilyaptimi?
XULOSA
Tan olish kerak, mamlakatimizdagi kо‘plab aholi punktlari hamon muhim toza ichimlik suvi ta’minotiga ega emas. Ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minoti tizimi umuman bо‘lmasa, ayrimlarida bir paytlar qurilgan tarmoqlar allaqachon eskirib, mavjud talabga javob bermay qolgan. Aholining turli tashkilotlar, davlat idoralariga qilayotgan arz va shikoyatlari orasida ushbu masalaga oid murojaatlar kо‘pligining boisi ham shunda.
Albatta, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bо‘yicha har yili muayyan ishlar bajarilmoqda. Yangi-yangi hududlarga toza ichimlik suvi yetib borayapti. Biroq, muammoning kо‘lami juda katta,ichimlik suvi ta’minotiga ega emas.
Gapning indallosi, ichimlik suvi ta’minoti tizimida olib borilayotgan ulkan qurilish, rekonstruksiya ishlari bilan bir qatorda, sohada ta’minot bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ularning mas’ullari ishini ham tubdan qayta kо‘rib chiqish zarurati tug‘iladi. Bu davr talabi, siyosat talabi. Shunday qilinsa, tizimda amalga oshirilayotgan ishlardan aholi tо‘la bahramand bо‘ladi, ichimlik suviga oid murojaatlar kamayadi.
Bejizga aytishmaydi: ishning boshi intizom deb. Bunga ichimlik suvi ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi korxona mas’ullari insofni, halollikni, adolatni, mas’uliyatni ham qо‘shib qо‘yishsa tizimda ahvolni о‘nglash bо‘yicha olib borilayotgan bugungi islohotlar yanada samarali bо‘lishi aniq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bila birga quramiz”. – Toshkent.: “O‘zbekiston”, 2017.-486 b. 
2. I. Nosirov. Materialshunoslik.-T.: «O‘zbekiston» 2002. 3. V.A.Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasi T.: «O‘qituvchi» 2004 4. A.S.Iskandarov. Materiallami kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar. T.: «Fan va texnologiya» 2004. 
5. A.S.To’raxonov. Metallar texnologiyasi-T.: “O’qituvchi”, 1974.-398b. 
6. O.Yo’ldoshev, A.Usmonov Konstruktsion materiallar texnologiyasi kursidan laboratoriya ishlari.-T.:”O’qituvchi”, 1990 y.,80 b. 
7. S.A.Rasulov, V.A.Grachev. Quymakorlik metallurgiyasi. T.: «O‘qituvchi» 2008. K.V.Usmonov. Metall kesish asoslari.-T.: «O‘qituvchi» 2004. 
9.М.Е.Дриц, М.А.Москалёв Технология конструкционных материалов и 
материаловедение, М., «Высшая школа», 1990. 
10.С.И.Алаи и др. Практикум по машиноведению, М., «Просвещение», 1979. 
11. William F.Smith, Javad Hashemi Foundations of materials science and 
Engineering, 2013. 


Download 81.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling