Chumchuqsimonlar


Download 18.53 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi18.53 Kb.
#161627
Bog'liq
Chumchuqsimonlar


Chumchuqsimonlar (Passeriformes) — qushlar turkumi. 63 oilasi, 5100 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 209 turi uchraydi. Ch. tanasining uz. 9,5 dan (korolyok—chittakning bir turi) — 65 sm gacha (quzgʻun). Ogʻirligi 3—4 g dan 1,1—1,6 kg gacha. Yer yuzida keng tarqalgan. 4 kenja turkum: shoxtumshuqli Ch., qichqiruvchi Ch., sayroqi Ch. va yarim sayroqi Ch.ga boʻlinadi. Shoxtumshuqli Ch. (14 tur) Afrika va Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Qichqiruvchi Ch. (1100 tur) Jan. Amerika va Sharqiy yarim sharning tropik qismida tarqalgan. Sayroqi Ch. (qariyb 4000 tur) yer yuzining hamma joyida yashaydi. Yarim sayroki Ch. (4 tur) Avstraliyada uchraydi. Koʻpchilik Ch. daraxt va butasimon oʻsimliklarda, ayrimlari havoda, baʼzilari yerda yashaydi. Oʻtroq, koʻchib yurib va mavsumiy hayot kechiruvchi Ch. bor. Tropik va subtropik mamlakatlarda yidda ikki marta 4—6 (baʼzilari 16) ta, Avstraliyada yashovchi ayrim turlari 1 ta tuxum qoʻyadi. Koʻpchilik turlar 11—14 kun, baʼzilari 19—20 kun, ayrimlari 45 kun tuxum bosadi. Koʻpchiligi jish joʻja ochadi (qarang Jish joʻja ochuvchi qushlar); bolasi bir yoshda voyaga yetadi. Nari va modasi kattaligi, rangi, sayroqiligi (nari sayraydi) bilan birbiridan farq kiladi. Ch.ning hasharotxoʻrlari va oʻsimlikxoʻrlari mavjud. Baʼzi turlari zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Noyob turlari Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobi roʻyxatiga kiritilgan.

Ch u m ch u q s i m o n l a r t u r k u m i. Bu turkumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchiq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo‘lishi, ovozi va boshidagi tojga o‘xshash patlari bilan urg‘ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z ichiga oladi Qaldirg‘och tanasining orqasi ko‘kimtir-qora, qorin tomoni oq, peshana va bo‘yni qizg‘ish-qo‘ng‘ir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan bo‘ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan; yassi va qisqa tumshug‘i juda keng ochiladi. Qaldirg‘och tumshug‘i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi. Qaldirg‘och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to‘sinlarga, ba’zan devorga ham so‘lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari 4–6 ta tuxum qo‘yib, urg‘ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirg‘ochlar deyarli butun kunni havoda o‘tkazadi. O‘ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg‘och suv yuzasiga tegib o‘tib, cho‘miladi va suv ichadi. Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go‘ngqarg‘a, zog‘cha va olaqarg‘a hisoblanadi. Go‘ngqarg‘a qishlash uchun shimoliy hududlardan o‘lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari go‘ngqarg‘alar zog‘chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi. Chumchuqsimonlarning ko‘pchilik turlari – hamma narsalarni yeydigan parrandalar. Masalan, chug‘urchiqlar ko‘pincha dalalardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalarni cho‘qiydi. Ko‘pchilik donxo‘r qushlar bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa hasharotxo‘rlar qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda ko‘p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg‘ochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mln ga yaqin hasharotlarni qiradi. Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug‘urchiqlar) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb, birmuncha ziyon keltiradi.
Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling