Chuqur prikus. Kurak tishlarni chuqur qoplanishi Chuqur tishlov


Download 29.87 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.87 Kb.
#1499453
  1   2   3   4
Bog'liq
Chuqur prikus


Chuqur prikus. Kurak tishlarni chuqur qoplanishi

Chuqur tishlov (chuqur prikus) — okklyuziyaning vertikal anomaliyasi bo’lib, pastki kesuvchi tishlar balandligini uchdan bir qismidan ko’prog’ini yuqoridagi kesuvchilar bilan to’silishi va kesuvchi-do’mboqli kontaktning buzilishi bilan tavsiflanadi. Chuqur tishlov yuz estetikasi buzilishi, chaynashda qiyinchiliklar, nutq nuqsonlari, tanglay va milk shilliq qavatining surunkali jarohatlanishi, tishlarning yemirilishi, chakka-pastki jag’ bo’g’imi disfunktsiyasi bilan birga kechadi. Chuqur tishlov jag’ning diagnostik modellarini, TRG (telerentgenorgrafiya), ortopantomogramma, yuz fotosuratlarni tahlil qilish orqali tashxislanadi. Chuqur tishlovni davolash ortodontik konstruktsiyalar (vestibulyar plastinkalar, funktsional apparatlar, treynerlar, breket-tizimlari va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.

Mundarija: 


CHUQUR TISHLOV
Chuqur tishlov — jag’ning yopilishi paytida pastki kesuvchi tishlarni yuqori kesuvchi tishlar bilan sezilarli darajada vertikal to’silishi bilan ifodalanadigan noto’g’ri tishlovning bir turi hisoblanadi. Chuqur tishlov, ortodont shifokor kundalik amaliyotida eng ko’p to’qnash keladigan tishlov anomaliyalaridan biridir. Turli ma’lumotlarga ko’ra, chuqur tishlovning aholi orasida tarqalganligi 6 dan 51% gacha o’zgarib turadi. Okklyuzion anomaliyalar tuzilmasida chuqur tishlov taxminan 20% ni egallaydi. Stomatologiyada chuqur tishlov ba’zan «shikastlovchi tishlov», «pasayuvchi tishlov», «chuqur kesuvchi yoki frontal to’silish», «chuqur kesuvchili okklyuziya yoki dizokklyuziya» deb nomlanadi.

Download 29.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling