Cisco packet tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Wan tarmoqlarida statik va dinamik marshrutlash
EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi
Download 435.5 Kb.
|
KT Lab 5,6,7 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘rov paketlari
EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi.
Salomlashish (hello) paketi. Qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash va qo‘shni marshrutizatorlar bilan bo‘g‘lanish munosabatlarini qo‘llab quvvatlash uchun ishlatiladi. Yangilash paketlari. Mashrut to‘g‘risidagi maʼlumotlar qo‘shni EIGRP qurilmalariga yuboriladi. Tasdiqlash paketlari. Ishonchli yetkazib berish yordamida yuborilgan EIGRP xabari olinganligini tasdiqlashda ishlatiladi. So‘rov paketlari. Qo‘shni qurilmalardan marshrutlarni so‘rashda ishlatiladi. Javob paketlari. EIGRP so‘roviga javob yuboriladi. 2.3. OSPFv3 (Open Shortest Path First) 3 versiyasi IPv6 uchun ishlab chiqarilgan. OSPF protokolining xususiyatlari: sinfsizlik – protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi; samaradorlik – marshrutda o‘zgarish bo‘lsa, marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo‘lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‘lni tanlash uchun SPF ni qisqa yo‘lni izlash algoritmini ishlatadi; marshrutizatsiya jadvalida tez bir xillikka erishish- tarmoq o‘zgarganligini tez translyasiya qilish; masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‘ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo‘llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga guruhlash mumkin; xavfsizlik – MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‘lsa, OSPF marshrutizatorlari oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi. Administrativ distansiyasi (AD) – marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko‘rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng. OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko‘rsatadi: qo‘shni qurilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi-qo‘shni qurilmalarning jadvalini yaratadi; kanal xolati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (LSDB) - topologiya to‘g‘risida jadval yaratadi; jo‘natmalar ma’lumotlar bazasi- marshrutizatsiya jadvalini yaratadi. OSPFv3 versiyasida LSA xabarining 2 turi kiritilgan. 8 tipdagi LSA xabari lokal tarmoqda ko’chkili jo’natish uchun foydalaniladi. 9 tipida LSA chegara marshrutizator hududida shakillantiriladi. Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling