Class Massiv
Bu bo’limdagi masalalarda Massiv nomli class yaratgan holda massivlarni qayta ishlashda foydalaniladigan metodlarni yaratishingiz talab qilinadi.
Tavsiyalar:
-
Agar maydonlar bo’lsa private bo’lsin va ular uchun get va set bloklari aniqlansin;
-
Metodlar public bo’lsin;
-
Metodlar static bo’lsin;
Namuna:
class Massiv {
public static int MinElement(int [] A){
int element=0;
// Code........
return element;
}
public static int MaxElement(int[] A)
{
int element = 0;
// Code........
return element;
}
}
Massiv qaytarish:
class Massiv {
public static int[] massiv_qaytarish(int[] a) {
return a;
}
}
Topshiriqlar.
-
N o’lchamli A massivni eng kichik element qiymatini qaytaruvchi butun toifadagi MinElement(A) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivni eng katta element qiymatini qaytaruvchi butun toifadagi MaxElement(A) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivni eng kichik element indeksini qaytaruvchi butun toifadagi MinElementIndex(A) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivni eng katta element indeksini qaytaruvchi butun toifadagi MaxElementIndex(A) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning qiymatlari yig’indisini qaytaruvchi butun toifadagi SumElement (A) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning qiymatlari yig’indisini qaytaruvchi haqiqiy toifadagi SumElement (A) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning k-chi indeksdagi qiymatini o’chiruvchi RemoveElement (A, k) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning startIndex indeksdan boshlab countElement ta elementini o’chiruvchi RemoveElements (A, startIndex, countElement) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning startIndex indeksdan boshlab countElement ta elementidan tuzilgan yangi massiv qaytarivchi CopyMassiv (A, startIndex, countElement) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning 0-indeks sifatida butun tipidagi yangi newElement nomli element qo’shuvchi InsertElementToFront (A, newElement) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning oxirgi (n+1 chi) element sifatida butun tipidagi yangi newElement nomli element qo’shuvchi InsertElementToBack (A, newElement) funksiyasi tuzilsin.
-
N o’lchamli A massivning indexElement nomli indeksi sifatida butun tipidagi yangi newElement nomli element qo’shuvchi InsertElementToIn (A, newElement, indexElement) funksiyasi tuzilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |