Coreldraw grafik dasturi Topshiriq: Dastur haqida: Coreldraw grafik dasturida banner yasash
Download 1.18 Mb.
|
CorelDRAW grafik dasturi
CorelDRAW grafik dasturi Topshiriq: Dastur haqida: CorelDRAW grafik dasturida banner yasash. Biz organmoqchi bo’layotgan dastur Kanadaning Corel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan CorelDRAW grafik dasturidir. Bu firmanin juda ko’plab dasturiy mahsulotlari mavjud bo’lib, butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. CorelDRAW xozirda eng ko’p tarqalgan vektorli grafik muharrirlardan biri hisoblanadi. Ishlatish va sozlash qulayligi, tarkibiga kiritilgan ko’plab effektlar to’plami foydalanuvchilarni bu dasturni ishlatishga yanada ko’proq jalb qilmoqda. Dastur interfeysining qulayligi qisqa vaqtda uning asosiy imkoniyatlari haqida tushuncha xosil qilish imkoniyatini beradi. CorelDRAW dasturini o’rganishning eng samarali usuli - bu dasturda ko’proq amaliy ishlashdir. Dasturni endi o’rganishni boshlagan foydalanuvchilar katta miqdordagi murakkab ma‘lumotlarni o’zlashtirmasdan ham kompyuter grafikasi olamiga kirishib ketishi mumkin. Vektorli tasvir deb, faqat yaqqol ajratilgan nuqta (tugun)lar va bu nuqtalarni qandaydir qonunlarga asosan tutashtiruvchi chiziqlarlardan tashkil topgan tasvirga aytiladi. CorelDRAW dasturi asosan vektorli tasvirlar yaratish va ular bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lsada, unda rastrli tasvirlar bilan ham ishlash mumkin. Kompyuterda har bir rang raqamli qiymatlarda aniq tarzda ifodalangan bo’lishi kerak. Shuning uchun Kompyuter grafikasida ranglarning turli matematik modellari ishlatiladi. Eng ko’p tarqalgan ikkita modellarni ko’rib o’tamiz. CorelDRAW dasturida yaratilgan hujjatlarda OLE (Object Linking and Embedding — ob‘yektlarni bir-biriga bog‗lash va joriy qilish) texnologiyasi orqali yaratilgan maxsus ob‘yektlar ham ishlatilishi mumkin. Bunday ob‘yektlarni o’zgartirish uchun, ob‘yekt ustiga ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosish orqali bu ob‘yekt yaratilgan dasturni ochib o’zgartirish mumkin. Endi biz CorelDRAW dasturida bizga berilgan topshiriqni bajarish uchun CorelDRAW dasturini kampyuterimizga o’rnatishimiz lozim. O’rnatilgan dasturni ishga tushiramiz. Dasturni ishga tushirib yangi oyna ochib ozimizga kerakli razmerlarni kiritamiz. Bu yerda men ishga tushirgan dasturimni yangi oyna ochinb o’zimni ishimga moslab oldim. So’ngra yaratgan oynaga razmer va orqa fon berdim va tayyorlamoqchi bo’lgan bannerimning mavzusiga mos va o’sha sohaga sozlar va rasimlarni joylaymiz. Keyin tayyorlayotgan bannerimizga o’zimiz reclama qilmoqchi bo’lgan sohamizga mos keladigan rasimlar va etiborga tortadigan so’zlar foydalanamiz va iloji boricha yorqinroq ranglardan foydalanishga harakat qilganman. Chunki ozim ham biror tortadiga rasimlar va yorqin ranglarga etibor beraman. Shuning uchun shunday ranglardan foydalandim. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling