3.3. Hujjatlar bilan ishlash. Yangi hujjat
yaratish
Har doim CorelDRAW dasturi yuklangandan so‘ng yangi hujjat
ochiladi. Agar ish jarayonida yana bitta yangi hujjat yaratish kerak
bo‘Isa. u holda File (Файл) menyusidan New (Новый документ)
buyrug'ini bering yoki standart uskunalar panelining chap qismida
joylashgan New (Новый документ) tugmasini «sichqoncha» chap
tugmasi yordamida bosing.
Agar uskunalar panelidagi tugmalar vazifasini yaxshi bilmasangiz yoki unutib qo‘ygan boMsangiz, u holda shu tugma ustida
«sichqoncha» ko’rsatkichini biroz ushlab tursangiz, uning ustida
nomi aks etgan eslatma paydo bo‘ladi.
Hujjalni ochish va yopish
CorelDRAW dasturida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan hujjatlar
Windowsning boshqa amaliy dasturlari singari quyidagi yoMlar bilan
ochiladi: CorelDRAWda yaratilgan faylni bosib ochish orqali
yuklash; File (Файл) menyusidagi Open (Открыть) buyrug'ini
berish orqali yoki standart uskunalar panelidagi Open (Открыть)
tugmasini bosish orqali.
Oxirgi ikki holatda ekranda Open Drawing (Открыть документ) muloqot oynasi paydo boiadi. Bu muloqot oynasida
Windowsning barcha amaliy dasturlaridagi hujjatlarni ochish
oynasining standart elementlari mavjud. Undan tashqari, fayllar
ro ‘yxatining o'ng tom onida (Preview (П редварительны й
просмотр) belgisi faollashganda) tanlangan faylda saqlanayotgan
tasvirni ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |