Порядок (Order) Bu bo‘lim ob‘yektlarning qatlamlarda joylashish ketma- ketligini o‘zgartirish buyruqlaridan tashkil topgan. CorelDRAW dasturida yaqinroq qatlamda turgan ob‘yektlar orqa qatlamda turgan ob‘yektlarni to‘sib turishi mumkin.
На передний план страницы (To Front Of Page) va На передний план слоя (To Front Of Layer) — belgilangan ob‘yektni oldingi (birinchi) qatlamga o‘tkazadi.
На задний план страницы (To Back Of Page) va На задний план слоя (To Back Of Layer) — belgilangan ob‘yektni orqa (oxirgi) qatlamga o‘tkazadi.
На уровень вперед (Forward One) — belgilangan ob‘yektni bitta oldingi qatlamga o‘tkazadi.
На уровень назад (Back One) — belgilangan ob‘yektni bitta keyingi qatlamga o‘tkazadi.
Установить перед (In Front Of) — belgilangan ob‘yekt bevosita ko‘rsatilayotgan ob‘yektdan oldingi qatlamga joylashadi.
Установить за (Behind) — belgilangan ob‘yekt bevosita ko‘rsatilayotgan ob‘yektdan keyingi qatlamga joylashadi.
Обратный порядок (Reverse Order) — qatlamlar bo‘yicha joylashuv teskari tartibga o‘zgaradi.
Сгруппировать (Group) Belgilangan ob‘yektlarni bir guruhga birlashtiradi. Bunda ular individual belgilarini (rang, qo‘llanilgan effektlar va boshqa) saqlab qoladi, lekin bitta ob‘yekt sifatida siljiydi, buriladi, o‘lchamlari o‘zgaradi.
Agar guruhning biror elementini belgilash kerak bo‘lsa, Ctrl tugmasini bosib turib, uning ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |