III -BOB. CorelDRAW DASTURI MENYULARI
Dastur Bosh menyusi buyruqlari
Yuqorida aytilganidek, Bosh menyuda dasturning barcha buyruqlari
jamlangan. Ushbu qo‗llanmada bosh menyuning faqat asosiy va muhim
buyruqlari keltirilgan bo‗lib, uning barcha buyruqlari batafsil ko‗rsatilmagan.
Menyudagi ayrim buyruqlar yoniga ularning klaviatura tugmalari bilan
bajarish ekvivalenti ham keltirilgan.
3.1. Файл (File) menyusi
Файл (File) menyusi buyruqlari asosan hujjatlar bilan ishlashga
mo‗ljallangan. Quyida uning buyruqlari va 3.1-rasmda ko‗rinishi keltirilgan.
Создать (New) Oldindan o‗rnatilgan sozlamalar bilan yangi hujjat yaratish.
Создать из шаблона (New From Template) Andoza (shablon) hujjat
asosida yangi hujjat yaratish. Bunda andoza faylini tanlash imkoniyatini
beruvchi muloqot oynasi ochiladi. CorelDRAW X4 dasturi tarkibiga
kategoriyalarga ajratilib ko‗plab qiziqarli andoza hujjatlar kiritilgan.
Открыть (Open) Avval yaratilgan
hujjatlarni ochish.
Закрыть (Close) Joriy hujjatni yopish.
Закрывает текущий документ.
Закрыть все (File Close All) Barcha
ochilgan hujjatlarni yopish.
Сохранить (Save) Joriy hujjatni saqlash.
Сохранить как (Save As) Hujjatni yangi
nom bilan saqlash va (yoki) boshqa
formatda saqlash. Ekranda hujjatni saqlash
oynasi paydo bo‗ladi va bu oynada
quyidagi bo‗limlar mavjud:
Тип сохранения (Save as type) — hujjat
saqlanishi kerak bo‗lgan formatni tanlash.
Версия (Version) — ochiladigan ro‗yxat
ko‗rinishida bo‗lib, Corel dasturining o‗z
formatlari ishlatilganda faollashadi va joriy
format(fayl) versiyasini bildiradi.
3.1-rasm. Файл (File) menyusi
buyruqlari
30
Do'stlaringiz bilan baham: |