CorelDraw X4 Ўқув қўлланма
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Автонастройка
Трассировка Rastrli tasvirlarni vektorli tasvirlar guruhiga aylantirish uchun Corel PowerTRACE dasturidan foydalaniladi. Bu dasturni ochish va rastrli tasvirni vektorli tasvirga aylantirish uchun xususiyatlar panelidagi Трассировка (Trace Bitmap) tugmasidan yoki Растровые изображения menyusidagi quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: Быстрая трассировка (Quick Trace) - rastrli tasvirni vektorli tasvirga bir qadamda o‗zgartirish. Трассировка по центральной линии (Centerline Trace): Технические иллюстрации (Technical Illustration) — oq-qora tasvirlarni ingichka, xira chiziqlar bilan almashtirish uchun ishlatiladi; Штриховой рисунок (Line drawing) — oq-qora eskizlarni qalin, sezilarli chiziqlar bilan almashtirish uchun xizmat qiladi. Bunda almashtirish jarayonini PowerTRACE oynasida sozlash ham mumkin bo‗ladi. Трассировка абрисом (Outline Trace): Штриховой рисунок (Line art) — oq-qora illyustrasiyalar va tasvirlarni vektorli tasvirga aylantirish uchun ishlatiladi; 52 Логотип (Logo) — oddiy logotiplarni oz miqdordagi detallar va ranglar bilan vektorli tasvirga aylantirish uchun ishlatiladi; Подробный логотип (Detailed logo) — oddiy logotiplarni ko‗p miqdordagi detallar va ranglar bilan vektorli tasvirga aylantirish uchun ishlatiladi; Картинки (Clipart) — ko‗plab detallar va ranglar almashinuviga ega tayyor grafik ob‘yektlarni vektorli tasvirga aylantirish uchun ishlatiladi; Изображение низкого качества (Low Quality Image) — natijaviy rasmning sifati yuqori bo‗lishi kerak bo‗lmagan rasmlarni vektorli tasvirga aylantirish uchun ishlatiladi; Изображение высокого качества (High Quality Image) — natijaviy rasmning sifati yuqori bo‗lishi kerak bo‗lgan yuqori sifatli rasmlarni ko‗p detalli vektorli tasvirga aylantirish uchun ishlatiladi. Автонастройка Растровые изображения► Автонастройка buyrug‗i tasvirning rangi va yorug‗ligini avtomatik sozlaydi, ya‘ni eng to‗q rangdagi piksellarni qora, eng och rangdagilarini oq rangga va qolgan boshqa piksellar rangini yangi diapazon rangiga teng taqsimlab aylantiradi. Растровые изображения►Лаборатория по корректировке изображений buyrug‗i tasvirning rangi va yorug‗ligini mukammal sozlash imkoniyatini beruvchi, ko‗plab parametrlarga ega bo‗lgan muloqot oynasini ochadi. Режим Tasvir rangining eng global o‗zgarishlari uning rang modellarini o‗zgartirilganda sodir bo‗ladi. Buning uchun Растровые изображения menyusining Режим bo‗limidagi buyruqlaridan foydalaniladi. Download 3.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling