«Covid-19»ga qarshi birgalikda kurashamiz” tarbiyaviy tadbir ssenariysi Tadbir zali “Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz va


Download 0.67 Mb.
bet1/2
Sana05.12.2020
Hajmi0.67 Mb.
#160083
  1   2
Bog'liq
Covid19ga qarshi birgalikda kurashamiz



«Covid-19»ga qarshi birgalikda kurashamiz” tarbiyaviy tadbir ssenariysi


Tadbir zali “Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz va «Covid-19» ni birgalikda yengamiz” shiori ostidagi turli xil plakatlar bilan bezatilgan.

Sahnaga boshlovchilar chiqib keladi.

Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi,

Yurtning iftixori, gul-u lolasi.

Sensan Vatanimning suyangan tog‘i,

Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i!

Boshlovchi: Assalomu alikum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar. «Covid-19»ga qarshi birgalikda kurashamiz” nomli tadbirimizga xush kelibsiz!

Salomatlik-kishilar turmush darajasi va sifatining ko‘rsatkichidir va shu jihatdan inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir fuqaroning salomatligi ham davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizlgining garovi sanaladi.



Boshlovchi: Bugungi kunda nafaqat Vatanimiz, balki butun dunyoga, insoniyatga xavf solib turgan kasallik «Covid-19» nomli virusning keltirayotgan zararlari hech birimizga sir emas, albatta. Yurtimizda ushbu kasallikka qarshi kurashda Yurtboshimiz boshchiliklarida barcha birday harakat qilayotganini, ayniqsa «Bugungi kun qahramonlari»ga aylangan shifokorlarimizning mehnatlarini ta'kidlab o'tishimiz joiz.


Biz avval «Covid-19» haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsak. U qanday kasallik va qanday yo‘llar orqali yuqadi? Bu haqida Sog‘lom hayot” hamda “Sog‘lom jism” guruhlarini taklif etsakda ularni tinglasak. (Sahnaga uchta o‘quvchidan iborat guruh ishtirokchilari chiqib kelishadi).

  1. Sog‘lom jism” guruhi.


1-o‘quvchi: Koronavirus – viruslar oilasiga mansub “Atipik zotiljam” (SARS) kasalligini chaqiruvchisiga o’xshab ketuvchi virus bo’lib, bemorlarda oddiy shamollashdan to o’tkir og’ir respirator sindrom (TORS) deb nomlanuvchi og’ir kechuvchi kasallikni keltirib chiqaradi. “Atipik zotiljam” kasalligi ham 2002 yilda Xitoyda kelib chiqqan bo’lib, 37 davlatga tarqalgan va 8 mingdan ortiq kishi kasallangan edi. Yangi koronavirusning xususiyatlari hozirgi kunda dunyoning ko’plab laboratoriyalarida o’rganilmoqda. Olimlarning izlanishlari natijasida kasallik qo’zg’atuvchisi topilgan bo’lib, ushbu virusga “2019-nCoV” nomi berildi.

2-o‘quvchi: Ushbu virus tashqi muhit ta’siriga va zararsizlantiruvchi vositalarga nisbatan chidamli. Kasallik xastalangan odamlardan havo-tomchi xamda maishiy muloqot yo’li bilan yuqadi.

3-o‘quvchi: Bemorlarda umumiy holsizlik, tumov, yo’tal, bosh og’rishi, tomoqda og’riq, tana haroratining ortishi, bronxit, zotiljam kuzatilmoqda. Mutaxassislarning xulosasiga ko’ra, koronavrus keltirib chiqargan kasallikning gripp kasalligidan farqi shundaki, ushbu kasallik asoratlar bilan o’tishi va o’lim bilan tugashi ehtimoli yuqori, chunki hozirgi kunda ushbu virusga qarshi odamlarda himoya qobiliyati (immuniteti) rivojlanmagan va bu holat dunyo xalqlari o’rtasida pandemiyaga olib kelishi mumkin.

Sog‘lom hayot” guruhi.:



  1. o‘quvchi: CoV – virus nomining qisqartmasi, to‘liq shakli: CoronaVirus (koronavirus). Boshoqli uchi tashqaridan qaraganda quyosh tojini eslatgani uchun u shunday, CoronaVirus – “tojli virus” deb nomlangan. Biz hozir tilga olayotgan virus koronaviruslar oilasining bir vakili bo‘lib, uning 40 ga yaqin turi bor. Koronaviruslar – “biologik yolg‘onchilar” hisoblanadi. Virusning har bir boshog‘i o‘zini foydali molekula sifatida namoyon etadi. Shuning uchun hujayra to‘qimalari mamnuniyat bilan ularni o‘ziga tortib oladi: boshoqning ortidan hujayraga virus to‘liq holatda kirib ketadi. Zararlanish, yuqish mana shunday ro‘y beradi. 

2-o‘quvchi: Dastlabki bosqichda yangi koronavirus tomoqda va nafas yo‘llarining yuqori qismida ko‘payadi. Keyin esa pastroqqa tushib, o‘pkagacha yetib boradi va uning yallig‘lanishiga olib keladi. Shuning uchun yangi koronavirusning birinchi belgisi – yo‘tal. Undan keyin tana haroratining ko‘tarilishi boshlanadi. Yoki hech qanday isitma bo‘lmaydi – Uxanda bemorlarning 30%i kasalxonaga olib kelinganida ularning tana harorati me’yoridan yuqoriga ko‘tarilmagan. Kasallanganlarning ko‘pchiligida (18%i yoki har besh kishidan birida) hatto yo‘tal ham bo‘lmaydi. Kasallik umuman alomatlarsiz kechishi – inson o‘zining kasal bo‘lganidan shubhalanmay uni o‘tkazib yuborishi, to‘liq tuzalib ketishi ham mumkin. Shunga qaramay, aynan shu – kasallikni hech qanday alomatsiz o‘tkazib yuborayotgan kishi virusning faol tashuvchisi bo‘lib, boshqalarni zararlantirishi mumkin.  Agar COVID-19 kasalligi yengil shaklda o‘tsa, uning alomatlari oddiy mavsumiy grippnikiga o‘xshaydi: quruq yo‘tal, isitma, umumiy quvvatsizlik, ba’zida bo‘g‘imlarda og‘riq turishi yoki boshog‘rig‘i. 

3-o‘quvchi: COVID-19 kasalligi ham xuddi oddiy gripp kabi davolanadi – uy sharoitida va bosqichma-bosqich davolanadi. Koronavirusning o‘ta noodatiy belgilaridan biri – ta’m yoki hid bilish hissining yo‘qolishi. Yuqorida qayd etilgan oxirgi belgi virus bilan kasallanganlarning hammasida ham uchramaydi. Shuningdek, u kasallikning yagona belgisi emas.

Virusni yuqtirin olish xavfini kamaytirish uchun esa quyidagi tavsiyalarimizga amal qiling:

  • Qo‘llarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvda yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan yoki hayvon bilan aloqadan keyin qo‘llarni yuvish;

  • Yuzingizni qo‘lingiz bilan ko‘p ushlamang;

  • Imkon qadar teatr, kinoteatr, aeroport, vokzal bozor va katta do‘konlar kabi ko‘p odam yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Bozorga borganda hayvonlar bilan bevosita aloqa qilishdan chekining;

  • Yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz bilan burunga bukilgan tirsak, yeng yoki salfetkani tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lingizni yuvishni unutmang;

  • Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan chekining. Yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasida, u bilan bir xonada yoki uzoq vaqt mobaynida kasal yuqtirgan bemorga qarash zonasida individual himoya vositalarisiz (xalat, qo‘lqop, niqob) bo‘lish tushuniladi. Shuningdek, yaqin aloqa bemor bo‘lgan xonaga qatnash, kasal yuqtirgan odamdan ajralib chiqqan suyuqlik, masalan, balg‘am, bilan aloqani o‘z ichiga oladi;

  • Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.



Boshlovchi: Barakalla aziz o‘quvchilar! Endi ishtirokchilarimiz quyidagi shartlarni bajaradilar:

I-guruh ishtirokchilari sog‘lom hayot tarzini yartishimiz uchun nimalarga e’tibor berishimiz kerak?



Agar siz ustunchadagi yashirin so‘zlarni topsangiz sog‘lom hayot tazriga yo‘l topasiz.(O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga yashirin so‘zlarni yozadilar.




  1. Sog‘lom turmush tarzi

  2. Sport bilan shug‘ullanish

  3. Ozodalik

  4. Mehr

  5. Tabiatni asrash

  6. Parxez

  7. Hurmat

  8. Teran aql

  9. Yaxshilik 10.10.Ezgulik

  1. To‘g‘rilik

  2. Axloqlilik

  3. Mehnatsevarlik

  4. Shirinsuxanlik






Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling