Boshlovchi: Shoir Iqbol Mirzo shunday satrlarni bitdi:
Botirlik, peshravlik emas jasorat,
Nafsingni kishanla, shudir mahorat.
Kaslar qilaversin tinmay haqorat,
Sen ular kelmagan ma`voga kelding.
Haqiqatan, karantin vaqtida o`z nafsimizni jilovlashimiz darkor. Iqbol Mirzo ham shunga da`vat etmoqda. Yomonlar ustidan kulsa ham , yaxshi tomonga o`zgar demoqchi. Ha azizlar , faqat o`zimini emas, birovlarni ham o`ylash vaqti keldi. Qo`lingizdan kelgancha, bir –biringizga ko`maklashishni unutmang!
Boshlovchi: Ertalab uyg`onar ekanmiz to`rt muchamiz sog`lomligiga shukur qilishimiz kerak. Chunki butun dunyoda ,,koronavirus” tufayli qanchadan qancha odamlar bir chimdim uxlashga zor yoki tongni qarshilashga umri yetmayotganlar ham yo`q emas. Yurtimiz bo`ylab karantin shifoxonalari tashkil etilgan. Bularda jonini jabborga berib, o`z kasbiga sodiq qolib mehnat qilyotgan oq xalatli farishtalarimiz tun-u kun mijja qoqmay bemorlarni davolamoqda. Bularning bu xizmatlarini ta`riflashga til ojiz. Biz uyda oila a`zolarimiz bilan birgalikda koronavirusga chalingan odamdan yiroqdamiz. Ular esa o`n to`rt kun davomida har daqiqada bemorlar bilan birga: dori-u darmon qiladi, ahvolidan xabar oladi. Virusni yuqtirish hech gap emas. Lekin hali- hanuz shifokorlar ichgan qasamiga sodiq qolib, xormay-tolmay mehnat qilishmoqda. Ularning o`z kasbiga qanchalik sodiqligiga bugun yana bir bor guvoh bo`ldik. Biz ularning bugungi zamonamiz qahramonlari ekanligini e`tirof etgan holda o'z tashakkurimizni izhor etib qolamiz!
Boshlovchi: Shuning bilan bugungi tadbirimiz o'z nihoyasiga yetdi. O'zingiz va yaqinlaringizni hamisha asrab-avaylang!
Do'stlaringiz bilan baham: |