Covid-19’ning asosiy klinik alomatlari
Download 380.5 Kb.
|
COVID1
COVID-19’NING ASOSIY KLINIK ALOMATLARI VA ULARNING KUNLIK JADVALI “Yuksalish” umummilliy harakati COVID-19 kasalligining asosiy klinik alomatlari haqidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslangan infografikani e’lon qildi. Yo‘riqnomada kasallikning ko‘p hollarda uchrayotgan asosiy belgilari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: isitma. Tana haroratining 37,8 darajadan baland bo‘lishi. Sovuqqotish, qaltirash; umumiy holsizlik. Tanada charchoq sezilishi, bosh, oyoq va qo‘llar zirqirab og‘rishi; quruq yo‘tal. Odatiy yo‘taldan davomiyligi bilan farqlanadi, bunda tinimsiz yo‘talish bir soatdan ko‘p davom etishi mumkin. Yoki sutkada 4-5 marta yo‘tal kuzatilib, tomoq qizaradi; nafas qisishi. Ko‘krak qafasida og‘riq, nafas olishda qiynalish kuzatiladi; og‘riqlar. Bosh, bo‘g‘im va mushaklar og‘riydi; ishtahaning yo‘qolishi. Taomlar iste’molida ishtaha yo‘qoladi. Qo‘shimcha alomatlar sifatida burun bitishi, diareya, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, hid va ta’m bilish sezgisining yo‘qolishi, tomoq og‘rig‘i hamda teri, qo‘l va barmoqlar rangining o‘zgarishi bayon qilingan. Shuningdek, “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan taqdim etilgan yo‘riqnomada COVID-19 hamda shamollashning bir-biridan farqli tomonlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, shamollashda burun oqishi, aksirish, tumov tez-tez kuzatilishi, nafas olishda muammolar bo‘lmasligi aytilgan. Koronavirus infeksiyasining yengil kechishining belgilari sifatida isitmalash (tana harorati 38 darajagacha ko‘tariladi yoki isitma chiqmasligi ham mumkin), ko‘p terlash, lohaslik, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, behuzurlik, bosh og‘rig‘i va hid va ta’m bilish sezgisining yo‘qolishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ikkinchi yo‘riqnomada esa COVID-19’ning kunlik alomatlari haqida ma’lumot berilgan. Koronavirus simptomlari virus odam organizmiga tushganidan so‘ng ma’lum bo‘lishi, infeksiyaning inkubatsion davri 14 kun davom etishi ta’kidlangan. Xususan: Birinchi va to‘rtinchi kunlarda. Asosiy alomat tana haroratining ko‘tarilishi, ayrim kishilarda mushaklar og‘rishi, quruq yo‘tal, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatiladi. Kasallik boshlanishi yengil shaklda bo‘lishi ham mumkin, bunda bemor jiddiy dorilar qabul qilmaydi. Beshinchi va oltinchi kunlarda. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklari bor yoshi kattalar, qariyalarda kuzatiladi. Yettinchi va sakkizinchi kunlari. Nafas olish yanada qiyinlashadi, biroq ushbu davrda kuchsizlanishi mumkin. To‘qqizinchi va o‘ninchi kunlari. Infeksiyani boshidan og‘ir kechirayotgan bemorlar jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. Barcha alomatlarga qorin sohasida og‘riq qo‘shiladi. O‘n ikkinchi kun. Bemorlar tuzala boshlaydi, harorat ko‘tarilishi to‘xtaydi. O‘n yettinchi kun. Sog‘ayganlarga javob beriladi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ushbu kasallikda yo‘tal keng tarqalgan alomatlardan biri bo‘lgani bois, ba’zi bemorlarda kasalxonadan tuzalib chiqqandan keyin ham yo‘tal kuzatilishi mumkin. COVID-19’dan umumiy sog‘ayish muddati 22 kunni tashkil qiladi. Download 380.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling