Coworking markazidan foydalanish majburiyatlari
Download 6.5 Kb.
|
Coworking markazi majburiyatlari
Coworking markazidan foydalanish majburiyatlari Marzkazga kirish uchun kutubxona guvohnomasi hamda dress-kod (Qo‘pol bo‘lmagan kiyim bosh oyoq kiyimlarning toza holatda bo‘lishi) talab etiladi. Markazga kirgan talaba oldin mas’ul xodimga murojaat qilib, tegishli ro’yxatga olish ishlari yakunlangandan so‘ng, ko’rsatilgan joyga borib o‘tirishi zarur. Shundan so‘ng talaba o’ziga biriktirilib berilgan kompyuterning barcha qismlari to‘liq ekanligini tekshirishi va qabul qilib olishi kerak bo’ladi. Markazdan foydalanib bo’lgandan so‘ng, yana tegishli xodimga murojaat qilib kompyuterning barcha qismlari to‘liq ekanligini ko‘rsatadi va ishini yakunlaganini ma’lumot uchun ro’yxatdan o‘tkazib, markazni tark etishi mumkin bo‘ladi. Agar talaba markazdagi kompyuterlardan foydalanish jarayonida dastlab kompyuterning barcha qismlari mavjud ekanligini tegishli xodim orqali tasdqilatib olmasadan ish jarayoniga kirishsa, chiqayotganda kompyuterning qisimlarida kamchilik yoki nosozlik kuzatilgan taqdirda, yolg’iz javobgar o’sha talaba hisoblanadi. Markazdan foydalanish jarayonida shovqin ko’tarishga, o‘zaro suhbat qurishiga, telefonda gaplashishga, rasmga tushish uchun bemaqsad harakatlanishga, ichimlik va yegulik olib kirishga ruxsat berilmaydi. Kompyuterga tegishli xodim ruxsatisiz hech qanday dastur va yordamchi qurilmalar o‘rnatilishiga, o‘yin o‘ynash, noqonuniy ma’lumotlar qidirish va tarqatish, video ( video darsliklardan tashqari) ko‘rishga ruxsat berilmaydi. Markazdagi gullar tabiiy bo‘lib, unga mehribonlik ko‘rsatish maqsadida hech qanday suv va o‘g’it mahsulotlarini tashlash qat’iyan taqiqlanadi. Markazdagi jihozlarga bemaqsad teginish, zarar yetkazish holatlari kuzatilgan taqdirda yolg’iz javobgar shaxs o’sha inson hisoblanadi. Markazga ma’sul hodimning talablarini to‘liq bajarmasa yoki unga gap qaytarish, nojo‘ya so‘zlar ishlatish, mensimaslik holatlari kuzatilsa o’sha talaba darhol tegishli tartibda markazsdan chetlashtiriladi va umuman markazga qaytib qo‘yilmasligi ham mumkin. Yuqoridagi talablardan birortasi bajarilmagan taqdirda o‘sha talaba qoida buzuvchi sanaladi va dastlab bir marta og’zaki ogohlantiriladi. Bu hol yana qaytarilsa o‘sha talaba qora ro‘yxatga kiritiladi hamda bir oy muddat ichida markazdan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Download 6.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling