Creator: Ikromov Sherzodxon
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
@Tarixdan Testlaruz 9 sinf O\'zbek Tarix Mavzulashtirilgan Testlar
11-mavzu
1. Rossiya Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishga necha yil tayyorgarlik ko’rdi? A) 4 yil B) 5 yil C) 6 yil D) 7 yil 2. Xivada A.Bekovich Cherkasskiy qo’shini qachon mag’lubiyatga uchradi? A) 1714-yil B) 1715-yil C) 1716-yil D) 1717-yil 3. 1839-yilda kimning qo’shini Xivaga yetib borolmay orqaga qaytib ketdi? A) Veryovkin B) Perovskiy C) Chernyayev D) Abramov 4. Qaysi xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo’lga kiritish huquqini berar edi? A) Buxoro B) Xiva C) Qo’qon D) Qozoq juzlari 5. Rossiya Xivani bosib olib, Amudaryoni egallagach suvdan foydalanish imkoniyatlari xato berilgan javobni toping. A) suv manbasi B) suv orqali savdi aloqalari C) daryoning quyi oqimidagi serhosil yerlardan foydalanish D) kuchli daryo floti tuzish 6. Rossiya qaysi xonlikni bosib olish uchun 5 yil tayyorgarlik ko’rdi? A) Buxoro B) Xiva C) Qo’qon D) Qozoq juzlari 7. Rossiyaning Xiva xonligiga hujum okruglari xato berilgan javobni toping. A) g’arbda-Mamg’ishloq B) shimolda-Orenburg C) sharqda-Turkiston D) janubda-Krasnodar 8. Rossiyaning Xiva yurishida ishtirok etgan qo’shin tarkibi xato berilgan javobni toping. A) 12 mingdan ortiq askar B) 4600 ot C) 20 ming tuya D) 12 mingga yaqin askar 9. Rossiyaning Xiva yurishiga kim boshchilik qildi? A) Kaufman B) Veryovkin C) Chernyayev D) Abramov 10. Xiva xonligini bosib olish uchun rus qo’shini- Toshkent, Orenburg, Mang’ishloq, Krasnovodskdan qachon deyarli bir vaqtda yo’lga chiqdi? A) 1873-yil yanvar B) 1873-yil fevral C) 1873-yil mart D) 1873-yil aprel 11. Xivani bosib olish uchun yo’lga chiqqan harbiy qo’shin bir qismining orqaga qaytib ketishi sabablari xato berilgan javobni toping. A) xonlikka olib boruvchi yo’llarning yomonligi B) dastlab 25 daraja sovuqda , keyin 40 darajadan yuqori haroratda yo’l yurish C) cho’llarda 60 darajagacha jazirama bo’lishi D) Rossiya imperatorining chekinish haqidagi buyrug’i 12. Quyidagi xato ma’lumotni toping. A) Xivaga rus qo’shinlarining 8 mingi yetib borgan B) Krasnovodsk va Mang’ishloqdan Xiva tomon yurgan qo’shinlar jazirama issiq va suv yetishmasligidan aziyat chekishdi C) Toshkent va Orenburg yo’nalishidan yo’lga chiqqan 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yetib keldi D) Rus qo’shinlariga qiyinchiliklardan tashqari ularga kichik guruhlar hujum qilib, tinkasini quritdi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling